8 apreldan 29 aprelgacha Ukrainaning MAU aviakompaniyasi Kiyevdan Toshkentgacha va Toshkentdan Kiyevgacha charter reyslarini amalga oshiradi, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Kiyevdan parvozlar har payshanba, Toshkentdan — juma kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxiga 23 kg gacha bo‘lgan 1 ta yuk va 2 ta qo‘l yuki (5 va 7 kg) kiradi. Kiyevdan Toshkentga aviachipta narxi 278 dollar, Toshkentdan Kiyevga 357 dollardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirish uchun COVID-19 testining 72 soat ichida o‘tkazilgan manfiy natijasi talab qilinadi.