Iqtisodiyot

Markaziy bank 2025-yilgacha iqtisodiy rivojlanishning ikki ssenariysini taqdim etdi
23 noyabr 2022, 16:41

Markaziy bank 2025-yilgacha iqtisodiy rivojlanishning ikki ssenariysini taqdim etdi

Markaziy bank 2023−2025-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobal ssenariylarini taqdim etdi. Regulyator asosiy e’tibor iqtisodiyotda narxlar barqarorligiga erishishga qaratilishini ta’kidlab, pul-kredit siyosatida inflyatsion targetlash jarayoni davom etishini qayd etdi.

Оktabr oyida ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan talab biroz pasaydi
23 noyabr 2022, 12:21

Оktabr oyida ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan talab biroz pasaydi

Ko‘chmas mulk bozori tahlili yil boshidan buyon sotish hajmining 9,2 foizga o‘sganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 20 foizga oshdi. Ekspertlarning fikricha, uy-joy ijarasiga bo‘lgan talabning ortishi oktabr oyida savdo hajmining biroz pasayishiga xizmat qildi.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini biroz ko‘tardi
23 noyabr 2022, 09:45

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini biroz ko‘tardi

Tijorat banklarida 23 noyabr kuni dollar 11 260 — 11 265 so‘mdan sotilmoqda. Sotib olish kursi esa 11 180 — 11 240 so‘m.

«Bitta vazirlik boshqalarning ustidan qo‘riqchi bo‘lishi bilan muammo hal bo‘lmaydi» — Timur Ishmetov
22 noyabr 2022, 15:03

«Bitta vazirlik boshqalarning ustidan qo‘riqchi bo‘lishi bilan muammo hal bo‘lmaydi» — Timur Ishmetov

Qo‘yi palataning navbatdagi majlisida O‘zbekistonda qariyb 705 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Moliya vaziri Timur Ishmetov bunga javoban budjet taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirishda barcha vazirliklar javobgar ekanini aytib, ularni mas’uliyatli faoliyat olib borishga chaqirdi.

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi
22 noyabr 2022, 14:12

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan 9 oy davomida 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlandi. «Bunday holatlar yildan-yilga oshib bormoqda», — deyiladi quyi palata xabarida.

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi
22 noyabr 2022, 10:18

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi

22 noyabr kuni banklarda dollar 11 260 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 240 — 11 175 so‘m oralig‘ida.

FTA O‘zbekistondagi 1 mlrd yevrolik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
22 noyabr 2022, 09:43

FTA O‘zbekistondagi 1 mlrd yevrolik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilgacha bo‘lgan strategik hamkorlik dasturi imzolandi. U 1 milliard yevrodan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston tashqi qarzi $0,3 mlrdga kamaydi
21 noyabr 2022, 20:53

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston tashqi qarzi $0,3 mlrdga kamaydi

Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, yanvar-iyun holatiga davlat qarzi 26 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 35,1%) tashkil etdi. Yanvar-iyun oylarida davlat tashqi qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslarining o‘zgarishi (yapon iyenasi, SDR va yevro) qarz qoldig‘ining kamayishiga olib keldi.

“Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari muddatidan avval qaytariladi
21 noyabr 2022, 10:47

“Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari muddatidan avval qaytariladi

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, 21-noyabrdan “Turkiston bank” omonatchilari o‘z mablag‘larini qaytarib olish va omonatga qo‘yish yuzasidan agent-bank sifatida tanlangan “Qishloq qurilish bank"ga murojaat etishlari mumkin bo‘ladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari biroz ko‘tarildi
21 noyabr 2022, 09:52

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari biroz ko‘tarildi

Tijorat banklarida 21 noyabr kuni dollar 11 130 — 11 250 so‘m oralig‘ida sotib olinmoqda, sotish esa 11 240 — 11 270 so‘mni tashkil etadi.

Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari
20 noyabr 2022, 16:23

Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda faqat fransuz kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini ajratish, ularga imtiyozlar berish va mahsulotlarni xarid qilishni kafolatlashga tayyorligini ma’lum qildi. U hamkorlikning beshta yo‘nalishini sanab o‘tdi, jumladan, avtomobilsozlik.

O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi
20 noyabr 2022, 13:05

O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi

O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosat tamoyillari, qulay sarmoyaviy muhiti, tabiiy resurslarning ko‘pligi, «imtiyozli paketlar» va boshqa afzalliklari tufayli fransuz sarmoyasi uchun maqbul manzilga aylanishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi
19 noyabr 2022, 22:20

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi

Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga egallab turgan lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Xaytmetov korxona boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

AQSh elchisi — O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ijobiy va salbiy tomonlari haqida
18 noyabr 2022, 19:36

AQSh elchisi — O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ijobiy va salbiy tomonlari haqida

AQSh elchisi Jonatan Xenik O‘zbekistondagi xorijiy investorlar uchun to‘siqlar va imkoniyatlarni sanab o‘tdi. «Ochig‘ini aytaman, qonun ustuvorligi, intellektual mulkni himoya qilish va korrupsiya bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud, biroq plyuslar orasida o‘qimishli mutaxassislar va katta bozor bor», — dedi u.

Davlat xaridlari bo‘yicha yangi portal 2023 yildan ishga tushiriladi — moliya vaziri
18 noyabr 2022, 18:08

Davlat xaridlari bo‘yicha yangi portal 2023 yildan ishga tushiriladi — moliya vaziri

Juma kuni bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov 2023 yil 1 yanvardan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushishini ma’lum qildi. Majlisda vazir davlat budjetini shakllantirishda barcha vazirlik va idoralarni intizomli harakat qilishga chaqirdi.

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi
18 noyabr 2022, 12:08

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi

Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 iyulgacha baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalar (limondan tashqari), margarin va boshqa import tovarlari bojxona bojidan ozod qilinishi belgilandi.

Tijorat banklari dollarning 18-noyabr kungi kursini e’lon qildi
18 noyabr 2022, 09:26

Tijorat banklari dollarning 18-noyabr kungi kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 208,18 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish 5% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda
17 noyabr 2022, 17:52

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish 5% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda

XVJ 2023 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5%dan kamroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Tashkilot joriy holatni tahlil qilib, kelgusidagi barqarorlikni saqlab turishda fiskal siyosat yo‘nalishlari, soliqqa tortish va imtiyoz berish chora-tadbirlari, shuningdek, xususiylashtirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

III chorakda o‘zlashtirilgan sarmoyalar hajmi oshdi, investitsion faollik esa pasaydi
17 noyabr 2022, 12:51

III chorakda o‘zlashtirilgan sarmoyalar hajmi oshdi, investitsion faollik esa pasaydi

O‘tgan 9 oy davomida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. Investitsion faollik Sirdaryo (127,6%), Samarqand (122,5%) va Qoraqalpog‘istonda (118,9%) qayd etilgan bo‘lsa, Buxoro (98,5%), Qashqadaryo (96%) va Toshkent shahrida (97,6%) nisbatan pasayish kuzatildi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari o‘zgardi
17 noyabr 2022, 10:04

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari o‘zgardi

Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting