Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida O‘zbekistonda jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan chorak (122 trln so‘m) bilan solishtirganda investitsiyalar miqdori 68 trln so‘mga ko‘paygan.

Uchinchi chorakda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar sur’ati bo‘yicha Sirdaryo (127,6%) va Samarqand (122,5%) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi (118,9%) yetakchi o‘rinni egalladi.

Eng kam o‘zlashtirish bo‘yicha esa Buxoro viloyati — (98,5%), Toshkent shahri — (97,6%) va Qashqadaryo viloyati — (96%) qayd etildi.

Statistikaga ko‘ra, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkich 2021 yilning ikkinchi choragida 24 trln so‘m hisobida (120%) qayd etilgan.

Poytaxtda investitsiyalarni o‘zlashtirish sur’ati o‘tgan yilning 3 choragidan boshlab pasayib kelganiga qaramasdan uning hajmi nomutanosib tarzda kamaygan yoki o‘sgan.

Toshkent shahri

2021 yil 3 chorak2021 yil 4 chorak2022 yil 1 chorak2022 yil 2 chorak2022 yil 3 chorak
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (so‘mda)37,4 trln58,1 trln8,5 trln25,7 trln41 trln
Aholi jon boshiga
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi (so‘mda)
13,3 mln20,6 mln2,9 mln8,9 mln14,1 mln
O‘sish sur’ati (foizda)115%105%98,7%94,6%97,6%

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab eng past ko‘rsatkichlar 2022 yilning birinchi choragida qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘tgan chorak bilan solishtirganda aksariyat viloyatlarda investitsion faollik pasaygan. Toshkent shahri (3%) Xorazm (4%), Sirdaryo (11,5%) va Jizzaxda (3,4%) nisbatan yuqori o‘sish kuzatildi.

Yil boshidan beri aholi jon boshiga o‘zlashtirilgan sarmoyalar hajmi (I chorak 1,4 trln so‘m, II chorak 3,4 trln so‘m, III chorak 5,3 trln so‘m) oshib borgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Toshkent shahrida umumiy qiymati $3,8 mlrdlik investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgandi. Shundan 500 ta loyiha joriy yilning o‘zidayoq ishga tushishi, buning natijasida 27 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezident Toshkentning moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlar kengligini, har bir tumanga qo‘shimcha 100 mln dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidladi.