Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga ko‘ra o‘z lavozim vakolatlarini tark etdi. Bu haqda shanba kuni kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi rahbar tasdiqlanguniga qadar kompaniya kuzatuv kengashi Alisher Xaytmetovni bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. U hozirgacha kompaniya moliyaviy direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Fransiyaning Veolia kompaniyasi 1 iyul kuni Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini 30 yilga muddatga qabul qilib olgan edi. Aleksandr Xasti belgilangan vakolatlarni «Toshissiqquvvati» DUKdan Veolia Energy Tashkent’ga o‘tkazish jarayoniga rahbarlik qildi, shuningdek, u isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va boshlanishini ham nazorat qilgan.