Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi talab oktabr oyida biroz pasayganini qayd etdi. Bu orada ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 4,3%ga oshgan. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Gazeta.uz” ga xabar berdi.

Yil boshidan buyon savdo hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax — 42%, Sirdaryo — 29% viloyatlarida va Toshkent shahrida — 15% atrofida kuzatildi.


Ko‘chmas mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomalari sonining o‘zgarishi

Kuz boshlarida uy-joy ijarasiga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi qayd etilgan bo‘lib, bu oktabr oyida sotishning pasayishiga xizmat qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdi hajmining biroz kamaygani kuzatildi (-72 ta). Bunda poytaxtda oktabr oyida o‘rtacha ijara narxi 17%ga oshib, 1 kv.m uchun 10,5 dollarni tashkil etdi, yil boshidan esa bu ko‘rsatkich 43%dan ziyodga ortdi.

Uy-joy ijara narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Olmazor — 49%, Yashnobod — 44%, Sergeli — 34% va Shayxontohur — 33% tumanlarida qayd etildi.

Uy-joy uchun eng yuqori ijara narxlari Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida kuzatildi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon uy-joy sotish hajmining o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2%ni tashkil etdi.

Ikkilamchi uy-joy ko‘chmas mulk bozoridagi фаоллик

Hisob-kitoblarga ko‘ra, oktabr oyida respublikada ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘sishi 2,3%ni (sentabrda — 1,1%) tashkil qildi.

Xususan, yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda 1 kv.m uchun uy-joyning o‘rtacha narxi 11,4%ga oshdi.


Toshkent shahrida va hududlar ma’muriy markazlarida ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘zgarishi (1 kv.m uchun AQSh dollarida)

oktabr oyida narxlarning sezilarli o‘sishi Sirdaryo — 6,5%, Qashqadaryo — 6,5% viloyatlarida va Toshkent shahrida — 4,6% kuzatildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining o‘sishi 4,6%ni (sentabrda 1,7%) tashkil etdi. Shu bilan birga, poytaxtda yil boshidan buyon o‘rtacha narxlar 19,8%ga ko‘tarilgan bo‘lib, bu talabning, jumladan, chet el fuqarolarining kirib kelishi natijasida sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.


Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni

Narxlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida qayd etildi.