Iqtisodiyot

Banklar dollarning sotuv kursini 11 560−11 600 so‘m etib belgiladi
6 iyul 2023, 10:08

Banklar dollarning sotuv kursini 11 560−11 600 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 6-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 560−11 600 so‘m.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinida 200 mln dollarlik biznes markazi quriladi
5 iyul 2023, 21:39

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinida 200 mln dollarlik biznes markazi quriladi

Prezident “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektar maydondagi avtoturargohi o‘rnida kamida 200 mln dollarlik biznes markazi qurish loyihasini tasdiqladi. Markaz tarkibida savdo markazi, mehmonxona, biznes markaz, IT-markaz, ko‘p qavatli avtoturargoh va turar-joy majmuasi bo‘ladi.

Ucell va CRPT Turon egasi o‘zining yuridik nomi va ta’sischilarini o‘zgartirdi
5 iyul 2023, 20:35

Ucell va CRPT Turon egasi o‘zining yuridik nomi va ta’sischilarini o‘zgartirdi

Ucell va O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalarga egalik qiluvchi Digital Holding QK RFning Digital Invest asoschisiga sanksiyalar joriy qilinganidan so‘ng nomini Digital Olding`ga o‘zgartirdi. Shuningdek, yangi ta’sischi paydo bo‘ldi. Buning natijasida Digital Invest endilikda QK nazorat paketiga egalik qilmaydi.

Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi — Raqobat qo‘mitasi
5 iyul 2023, 15:11

Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi — Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda shakarning chakana narxi ichki bozorlarda yil boshiga nisbatan 10 foizga arzonlashdi. Yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 83 foizi sotilgan.

Yil boshidan buyon banklardagi omonatlar hajmi 12 trln so‘mga kamaydi
5 iyul 2023, 14:07

Yil boshidan buyon banklardagi omonatlar hajmi 12 trln so‘mga kamaydi

O‘zbekiston tijorat banklarida yil boshidan buyon depozitlar qoldig‘i 216,7 trln so‘mdan 204,7 trln so‘mgacha kamaydi. Aprel oyidagi ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilganiga qaramay, may oyida omonatlar qoldig‘i yana kamaygan.

O‘zbekistonda 10 ta strategik kon, 40 ta oltin uchastkasi auksion orqali tadbirkorlarga beriladi
5 iyul 2023, 13:01

O‘zbekistonda 10 ta strategik kon, 40 ta oltin uchastkasi auksion orqali tadbirkorlarga beriladi

2023-yilda O‘zbekistonda 10 ta strategik qazilma koni, 40 ta oltin izlovchilar uchun uchastka hamda 500 dan ortiq noruda kon va maydonlari elektron auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Nukusda Yandex Go xizmati ish boshladi
5 iyul 2023, 11:26

Nukusda Yandex Go xizmati ish boshladi

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.

Milliy gvardiyaga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi
5 iyul 2023, 11:02

Milliy gvardiyaga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 600 so‘mga yetdi
5 iyul 2023, 09:54

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 600 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 5-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 540 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 550−11 600 so‘m.

Minimal iste’mol xarajatlari iyul oyida e’lon qilinadi
4 iyul 2023, 16:45

Minimal iste’mol xarajatlari iyul oyida e’lon qilinadi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari iyulda e’lon qilinadi. Statistika agentligiga ko‘ra, bu yil avvalgi yildagidan farqli ravishda ko‘proq tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazilgan. Ko‘rsatkichni qayta ishlash jarayoni ko‘proq vaqt olgani uchun uni yil yarmida e’lon qilish belgilangan.

Yil oxirigacha O‘zbekistonga 10 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda — Ozodbek Nazarbekov
4 iyul 2023, 13:38

Yil oxirigacha O‘zbekistonga 10 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov yil oxirigacha mamlakatga 10 mln xorijiy sayyohning kelishi, 20 mln mahalliy aholi sayohatlari tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 mlrd dollar miqdorida turizm xizmatlari eksporti amalga oshiriladi.

TMZ bankrotlik xavfi ostida qoldi. Kipr ofshor kompaniyalari davlatni yo‘qotishlar va kreditlar bilan qoldirib, loyihani tark etdi
4 iyul 2023, 11:22

TMZ bankrotlik xavfi ostida qoldi. Kipr ofshor kompaniyalari davlatni yo‘qotishlar va kreditlar bilan qoldirib, loyihani tark etdi

Kiprlik ta’sischilar, jumladan, Alisher Usmonovga aloqador “Metalloinvest” kompaniyasiga tegishli korxona “harakatsizligi” tufayli Toshkent metallurgiya kombinati bankrot bo‘lish xavfi ostida qoldi. Sud ularni loyihadan chetlashtirildi, biroq korxona 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qoldi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 570−11 595 so‘m etib belgilandi
4 iyul 2023, 10:06

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 570−11 595 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 4-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 570−11 595 so‘m.

Pulning “ta'mi” dizayn bilan. Yangi so‘mlarning nimasi yomon va o‘zi chiroyli pullar qanday bo‘ladi?
3 iyul 2023, 21:00

Pulning “ta'mi” dizayn bilan. Yangi so‘mlarning nimasi yomon va o‘zi chiroyli pullar qanday bo‘ladi?

O‘zbek so‘mining yangi banknotlari dizaynidan ko‘pchilik nolidi: o‘xshash ranglar va yopishib ketgan nollar sabab odamlar ularni adashtirib, qiynalyapti. Dizayner Azamat Shamuzafarov pulda dizaynning ahamiyati, tarixan bu masala qanday hal qilingani va yangi so‘mlarning kamchiliklari haqida hikoya qiladi.

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni markirovkalash yana keyinga qoldirildi
3 iyul 2023, 15:19

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni markirovkalash yana keyinga qoldirildi

O‘zbekiston hukumati suv va alkogolsiz ichimliklarni majburiy markirovkalashni yana keyinga qoldirdi. Jarayon 2022-yil oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq avval 2023-iyulga, endi esa 2024-yilning martigacha surildi.

“Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxatidan chiqarib yuborildi
3 iyul 2023, 14:14

“Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxatidan chiqarib yuborildi

O‘zbekiston prezidenti o‘zining avvalgi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritib, “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlarini xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan, lekin sotilmay qolgandi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 580 so‘mgacha ko‘tarildi
3 iyul 2023, 10:02

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 580 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 3-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 465−11 510 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 540−11 580 so‘m.

Iyunda yillik inflyatsiya 2016-yil avgustidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi
2 iyul 2023, 13:43

Iyunda yillik inflyatsiya 2016-yil avgustidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi

Iyunda O‘zbekistonda deflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya 2016-yil avgust oyidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi. Oxirgi oyda guruch, go‘sht va sut qimmatlashdi, deyarli barcha sabzavot va mevalar, shuningdek, un, tuxum, sariyog‘ va shakar arzonlashdi. Benzin ham qimmatlashdi. Hududlarda palov narxi oshdi.

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi
2 iyul 2023, 13:39

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida rejali ta’mirlash ishlari tufayli “O‘zbekneftgaz” korxonalarida benzin ishlab chiqarish 71,3 foizga qamaydi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan oshirishini qayd etdi. “Gazeta.uz” yil boshidan buyon benzin ishlab chiqarish bir necha bor pasayganini yozgandi.

Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi
2 iyul 2023, 09:08

Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining gazni qayta ishlash va gaz-kimyo departamentini boshqarib kelayotgan Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodiga direktor etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting