Iqtisodiyot

Sud Intermed Innovation`ning tibbiy faoliyat uchun litsenziyasini bekor qildi
10 iyun 2023, 15:31

Sud Intermed Innovation`ning tibbiy faoliyat uchun litsenziyasini bekor qildi

O‘zbekiston SSV Intermed Innovation xususiy klinikasining litsenziyasini sud orqali bekor qildirdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya Chirchiq shahridagi 3-oilaviy poliklinika binosida litsenziyasiz tibbiy faoliyat olib borgan, shuningdek, ko‘rsatmalarga amal qilmagan.

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi
9 iyun 2023, 11:31

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi

Italiyaning SACE kredit agentligi O‘zbekiston energetika sohasi uchun 2,2 milliard yevro ajratadi. Mablag‘lar 4 ta yirik loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi
9 iyun 2023, 09:48

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 9-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380−11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440−11 490 so‘m.

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi
8 iyun 2023, 18:04

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi unda qatnashayotgan tadbirkorlarning hujjatlari elektron platformaga xarid komissiyasi foydalangan kompyuter IP-manzili orqali yuklangani uchun bekor qilindi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida ham kamaydi
8 iyun 2023, 17:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida ham kamaydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidagi kabi may oyida ham kamaydi. Zaxiradagi oltin hajmi oy davomida 9,3 tonnaga pasaygan.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465−11 510 so‘m etib belgilandi
8 iyun 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465−11 510 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 8-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 510 so‘m.

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi
7 iyun 2023, 17:30

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi

XVJ ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi suv taqchilligi bo‘yicha savolga javob berib, suv resurslarining to‘g‘ri narxlanganiga ishonch hosil qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Markaziy bank raisidan O‘zbekistonda suv bo‘yicha narx siyosati qanday ekanini so‘radi.

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi
7 iyun 2023, 12:20

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Jahon bankining yangi prognoziga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,1 foizni tashkil etadi. Yanvar oyida bank 4,9 foiz o‘sishni prognoz qilgan.

Aksariyat banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi
7 iyun 2023, 09:42

Aksariyat banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 7-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470−11 520 so‘m.

Samarqandda yangi “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda (foto)
6 iyun 2023, 19:33

Samarqandda yangi “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda (foto)

Samarqandda Zarafshon daryosi sohilida, aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda 389 gektar maydonda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari va boshqa obyektlardan iborat “zamonaviy” “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentiga massivning master-rejasi taqdim etildi. Foto.

Unutilgan mavzu: Bir yil avval so‘m ramzi bo‘yicha tanlov yakunlari e’lon qilingan edi
6 iyun 2023, 16:41

Unutilgan mavzu: Bir yil avval so‘m ramzi bo‘yicha tanlov yakunlari e’lon qilingan edi

Markaziy bank 2022-yili “so‘mning tanilishini ta’minlash” uchun uning ramzini yaratish tanlovini o‘tkazgandi. Roppa rosa bir yil avval tanlovning tanqidlarga sabab bo‘lgan natijalari e’lon qilingan, so‘ng MB ramzni “professionallar bilan hamkorlikda qayta ishlash”ga va’da bergandi. Keyin bu mavzu unutildi.

Aholi pullarini dollardagidan so‘mdagi depozitlarga o‘tkaza boshladi — MB raisi
6 iyun 2023, 15:55

Aholi pullarini dollardagidan so‘mdagi depozitlarga o‘tkaza boshladi — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov valyuta kursining barqarorligi va depozit stavkalarining jozibadorligi oshib borayotgani aholini xorijiy valyutadagi omonatlardan pullarini olib, so‘mga o‘tkazishga undayotganini aytdi. Aholining qo‘lida deyarli 12 milliard dollar bor.

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi
6 iyun 2023, 10:49

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish uchun prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etilib, unga Aziz Urunov tayinlandi. 1-iyuldan bu tashkilotning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi
6 iyun 2023, 09:46

Banklar 6-iyunda dollarning sotuv kursini 11 465−11 505 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 6-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390−11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 505 so‘m.

Toshkent bozorlari yangi sayyohlik markazlariga aylanishi mumkin — tadqiqot
5 iyun 2023, 13:10

Toshkent bozorlari yangi sayyohlik markazlariga aylanishi mumkin — tadqiqot

O‘zbekiston bozorlari unikalligi va o‘ziga xos muhitini saqlab qolgan holda zamonaviylashtirilsa, jahon bozorida raqobatlasha oladigan bozorlarga aylanishi mumkin. Bu haqda Atlas konsalting kompaniyasining hududiy rivojlantirish sohasidagi tadqiqotida so‘z borgan.

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida “nol chiqindi” tamoyillari joriy etiladi
5 iyun 2023, 11:07

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash sohasida “nol chiqindi” tamoyillari joriy etiladi

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekistonda “nol chiqindi” (zero waste) tamoyillari joriy etiladi. Barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni to‘liq qayta ishlash va kuydirishga bosqichma-bosqich erishish rejalashtirilgan.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi
5 iyun 2023, 09:55

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Markaziy Osiyoning beshta davlati yetakchilarini ularning mamlakatlari Rossiyaga qarshi joriy etilgan cheklovlarni buzsa, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar qo‘llamasligiga ishontirdi. Sanksiyalar faqat “Rossiya urush mashinasini qo‘llab-quvvatlaganlarga” nisbatan qo‘llanadi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi
5 iyun 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi oshdi

Tijorat banklari 5-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360−11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 445−11 485 so‘m.

Qozog‘iston 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga tayyor bo‘ladi
4 iyun 2023, 16:14

Qozog‘iston 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga tayyor bo‘ladi

Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, 2024-yilgi kuz-qish mavsumida mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz hajmi hamda narxi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etmoqda.

YI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi uchun 27 mln yevro grant ajratadi
4 iyun 2023, 10:22

YI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi uchun 27 mln yevro grant ajratadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga yordam berish maqsadida 27 mln yevro grant ajratadi. Mablag‘lar sohada ilm-fan, ta’lim, axborot xizmatlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish kabi tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting