Iqtisodiyot

O‘zbekiston strategik xomashyoni qayta ishlash loyihalarida OIIBdan ko‘mak kutmoqda
24 yanvar 2024, 12:56

O‘zbekiston strategik xomashyoni qayta ishlash loyihalarida OIIBdan ko‘mak kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki rahbari bilan uchrashuvda strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalari va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni moliyalashtirish hajmini oshirish muhimligini qayd etdi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi
24 yanvar 2024, 12:38

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi

Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi.

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida
23 yanvar 2024, 20:41

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.

2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi
23 yanvar 2024, 15:37

2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi

2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi sekinlashib, 102,4 foiz bo‘ldi
23 yanvar 2024, 07:44

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi sekinlashib, 102,4 foiz bo‘ldi

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 102,4 foizni tashkil etdi (2022-yilda 107,3 foiz). Mamlakat bo‘yicha jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi.

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?
22 yanvar 2024, 17:18

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?

O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi
22 yanvar 2024, 15:22

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.

621 ming so‘m — O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
22 yanvar 2024, 10:40

621 ming so‘m — O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi. Ko‘rsatkich mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.

Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
22 yanvar 2024, 09:06

Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovni amalga oshirib bo‘lmayapti, kartadagi mablag‘ qoldig‘i esa noto‘g‘ri ko‘rsatilmoqda. Kompaniya soat 10:00 ga qadar davom etadigan texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi (dastlab bu ishlarni 3:30 gacha, keyinchalik 9:00 gacha yakunlash rejalashtirilgandi).

“Ekspertiza vaqtida maishiy texnikalar ro‘yxati bo‘lmagan”. Adliya vazirligi — maishiy texnikalar importiga qo‘yiladigan yangi talablar haqida
21 yanvar 2024, 13:47

“Ekspertiza vaqtida maishiy texnikalar ro‘yxati bo‘lmagan”. Adliya vazirligi — maishiy texnikalar importiga qo‘yiladigan yangi talablar haqida

Adliya vazirligi maishiy texnikalar va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilangan prezident qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganda tovarlar ro‘yxati bo‘lmaganini bildirdi. Cheklovga Raqobat qo‘mitasi va “O‘zeltexsanoat” ham munosabat bildirdi.

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1,07 kvadrillion so‘mga yetdi
20 yanvar 2024, 13:39

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1,07 kvadrillion so‘mga yetdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga ruxsat etiladi
20 yanvar 2024, 00:11

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga ruxsat etiladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ijarachilari o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi
19 yanvar 2024, 23:13

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari endi onlayn auksion orqali 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM
19 yanvar 2024, 18:01

2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.

“Paxtakor” futbol klubini sotish vaqtincha to‘xtatildi
19 yanvar 2024, 10:38

“Paxtakor” futbol klubini sotish vaqtincha to‘xtatildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.

“Konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak” — prezident
18 yanvar 2024, 21:57

“Konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak” — prezident

Prezident eksport masalasini “hayot-mamotimiz” deb atadi. “Agar valyuta balansi, investitsiya yoki konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak”, — dedi u.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida yirik turizm markazlari quriladi
18 yanvar 2024, 20:07

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida yirik turizm markazlari quriladi

O‘zbekistonning turistik manzillarida mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar majmualaridan iborat turizm markazlari quriladi. U yerda brend do‘konlar va “duty free”, to‘y marosimlari uchun hudud, “oltin yo‘lak” bo‘ladi. Qurilish maydonlari bosh vazir boshchiligida aniqlanadi.

O‘zbekistonda 25 turdagi oziq-ovqatni ishlab chiqarishni boshlashga topshiriq berildi
18 yanvar 2024, 15:59

O‘zbekistonda 25 turdagi oziq-ovqatni ishlab chiqarishni boshlashga topshiriq berildi

Prezident mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda 25 turdagi oziq-ovqatni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni boshlash topshirig‘ini berdi. Bu korxonalarda xalqaro standartlar joriy etiladi, ularga xorijdan malakali texnolog va marketologlar jalb qilinadi.

Murat Mirzayev Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorligidan ozod etiladi
18 yanvar 2024, 14:59

Murat Mirzayev Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktorligidan ozod etiladi

Prezident Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murat Mirzayevni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari tashkilot faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolganini tanqid qildi.

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar samarali ishlatilmayapti — prezident
18 yanvar 2024, 14:50

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar samarali ishlatilmayapti — prezident

Prezident Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga eksportni kreditlashga va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishini ta’minlay olmayotganini ta’kidladi. Imtiyozli shartlarda ajratilgan har 1 dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting