2023-yil davomida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Yil davomida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 2023-yilda 5,7 foizga oshgan va 272,4 mingta uy-joy sotilgan. 2022-yilda shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichi 257 mingtani tashkil etgandi. Bitimlar hajmining sezilarli o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan, hudud Qashqadaryo viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Ularning ko‘rsatkichlari mos ravishda 16,8 foiz va 17,1 foizni tashkil etgan. Barcha hududlarda uy-joy sotish bo‘yicha bitimlarning o‘sishi kuzatilgan.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ko‘chmas mulkni sotish hajmining o‘sishiga O‘zbekistonda ipoteka bozorining rivojlanishi yordam bergan, kredit berish hajmi yil davomida qariyb 17 foizga o‘sib, banklar tomonidan aholiga 16,9 trln so‘m kreditlar berilgan.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

2023-yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlashdi. Umuman olganda, bir yil ichida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaygan va har kvadrat metri uchun 9,2 dollarni tashkil etgan. Bir yil oldin bir kvadrat metr uchun poytaxtda ijara narxi 34,6 foizga oshgandi.

Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxi pasaygan. O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur (11,8 dollar), Yakkasaroy (10,8 dollar) va Mirobod (11,4 dollar) tumanlarida qayd etilgan. Ijara narxlarining nisbatan pastligi Uchtepa (7,9 dollar), Sergeli (6,9 dollar) va Bektemir (5,7 dollar) tumanlarida kuzatilgan.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8 foizni, ikkinchisida esa 1 foizni tashkil etgan. Ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari bir yil davomida qariyb ikki barobarga oshgan va 7,1 trln so‘mni tashkil etgan. 2022-yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm viloyati (30,1 foiz), Toshkent shahri (28,9 foiz) va Buxoro viloyatida (24,5 foiz) qayd etilgan.

ijara нархлари, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori, тошкент

Ikkilamchi uy-joy narxlarining yuqoriligi poytaxtda (kvadrat metr uchun 1123 dollar, shuningdek, Samarqand (714 dollar) va Toshkent (627 dollar) viloyatlarida kuzatilgan. Shu bilan birga, arzonroq uy-joy narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (314 dollar), Sirdaryo (348 dollar) va Jizzax (380 dollar) viloyatlarida qayd etilgan.