Adliya vazirligi “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra maishiy va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bo‘lishi shartligi belgilangani yuzasidan izoh berdi.

Avval xabar berganimizdek, prezident qaroriga muvofiq, 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonga muzlatkich, radiator, changyutkich, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqa (13 turdagi) jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular, shuningdek, xizmat ko‘rsatishlari ham kerak bo‘ladi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, 10-yanvar kuni imzolangan hujjat loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etilgan.

адлия vazirligi, maishiy техника, tartibga solish ta’sirini baholash, o‘zэлтехsanoat, elektrotexnika

адлия vazirligi, maishiy техника, tartibga solish ta’sirini baholash, o‘zэлтехsanoat, elektrotexnika

адлия vazirligi, maishiy техника, tartibga solish ta’sirini baholash, o‘zэлтехsanoat, elektrotexnika

адлия vazirligi, maishiy техника, tartibga solish ta’sirini baholash, o‘zэлтехsanoat, elektrotexnika
Prezidentning 10-yanvardagi qaroridan (PQ-15).

“[Adliya vazirligiga] taqdim etilgan variantda O‘zbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati (qarorning 3-ilovasi) mavjud bo‘lmagan”, — deya qayd etdi vazirlik.

Bundan ko‘rinadiki, hujjat loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganda mazkur band bo‘lmagan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, PQ-5025-sonli qarorda loyiha tashabbuskori hisoblangan davlat organi uni tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazishi zarurligi belgilangan.

Tartibga solish ta’sirini baholash mumkin bo‘lgan oqibatlarni, shu jumladan manfaatdor tomonlarga asossiz xarajatlar, keraksiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni belgilash, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, muammoni, uni hal qilish yo‘llarini va tartibga solish maqsadlarini tahlil qilish yo‘li bilan aktning harakati natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Vazirlikning qayd etishicha, ro‘yxat yo‘qligi sababli hujjat ishlab chiquvchi tomonidan TSTBdan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmagani haqida ma’lumot yo‘q.

Adliya vazirligi hujjat loyihasi ekspertizadan o‘tkazilish jarayonida o‘z e’tirozlarini bildirganini ma’lum qildi, ammo e’tirozlarning mazmuni qanday bo‘lgani, ular inobatga olingani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.

Raqobat qo‘mitasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Kun.uz`ga ma’lum qilishicha, qarorni qabul qilishda qo‘mitaning takliflari inobatga olingani va ayni damda unda raqobatga zid holatlar yo‘qligi bildirilgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, qaror loyihasi belgilangan tartibda qo‘mitaga kelishish uchun kiritilgan va loyihada nazarda tutilgan normalarning raqobatga ta’siri “ex-ante” usulida belgilangan tartibda baholanib, tegishli xulosa taqdim qilingan.

“Ushbu xulosada berilgan takliflar inobatga olingan. Xususan, tayyor elektrotexnika mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida import qilinadigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida amaldagi import bojlariga qo‘shimcha ravishda yig‘im undirilishini nazarda tutuvchi norma loyihadan chiqarib tashlangan”, — deyiladi davlat idorasi xabarida. Gap, ehtimol, dekabr oyining oxirida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra joriy etilishi rejalashtirilgan antidemping boji haqida ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasida davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarining imtiyozli shartlar asosida berilishi hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordami berilishi mumkinligi belgilangan.

Shu bilan birga, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tarzda yakka tartibda davlat yordami berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu qaror loyihasi ko‘rib chiqish jarayonida davlat yordami, shu jumladan, soliq imtiyozlari, preferensiyalar va afzalliklar elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga umumiy berilayotgani, loyihada yakka tartibda davlat yordami nazarda tutilmagani aniqlangan.

Munosabatga qarorni amaliyotda qo‘llash jarayonida raqobatga zid harakatlar va holatlar amalga oshirilsa, ularni bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdimnomalar, shuningdek, qonunchilik hujjatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

“Gazeta.uz” hujjatning asosiy qismi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilganini ma’lum qilgan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) bilan bog‘landi. Tashkilot tahririyat so‘roviga ko‘ra maishiy va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bo‘lishi talabi “iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida” ishlab chiqilganini ta’kidladi.

Javobda uyushma hamda Raqobat qo‘mitasiga ayrim brendlar va sotuvchilardan sotib olingan texnikalarga xizmat ko‘rsatilmayotgani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgani aytiladi. Biroq ularning soni ko‘rsatilmagan.

Uyushma import qiluvchilar ishlab chiqaruvchi yoki mahalliy rasmiy diler bilan kelishuvga ega bo‘lishi kerakligini bildirdi. Cheklovlar O‘zbekistonda allaqachon vakolatxonasi mavjud bo‘lgan mashhur brendlardan import qilib sotuvchi tadbirkorlarga ta’sir qiladimi, degan savolga “O‘zeltexsanoat” yaqin kunlarda javob berishini qayd etdi.

ISSV internetda bildirilgan e’tirozlarning har biriga batafsil javoblar tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq prezident qarori bilan elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024−2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochilishi haqida xabar qilingandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi berilgan.