Iqtisodiyot

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha oltinchi yig‘ilishga tayyorgarlikni yil oxirigacha yakunlamoqchi
4 avgust 2022, 18:30

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha oltinchi yig‘ilishga tayyorgarlikni yil oxirigacha yakunlamoqchi

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha 6-yig‘ilishni joriy yil oxirigacha o‘tkazish uchun respublika tashkilotga a’zo davlatlarning qo‘shimcha savollariga javoblar hamda texnik jihatdan tartibga solish, intellektual mulk va boshqa yo‘nalishlarga oid yangilangan hujjatlarni taqdim etishi zarur.

Aholi davlat obligatsiyalarini sotib olishi bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda
4 avgust 2022, 18:17

Aholi davlat obligatsiyalarini sotib olishi bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Yaqin yillarda aholi uchun maxsus davlat g‘aznachilik qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov. Ular bo‘yicha stavka bozor obligatsiyalaridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Davlat obligatsiyalariga xorijiy investorlar ham jalb qilinadi.

Senat davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
4 avgust 2022, 15:19

Senat davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilanmoqda. Davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkin. Uni samarali boshqarish uchun esa uch yillik strategiya ishlab chiqiladi.

Davlat qarzi YAIMning 60 foizidan oshmasligi eng yuqori chegara, bu maqsad emas — moliya vaziri o‘rinbosari
4 avgust 2022, 12:45

Davlat qarzi YAIMning 60 foizidan oshmasligi eng yuqori chegara, bu maqsad emas — moliya vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston qarzining YAIMga nisbati 60 foiz etib belgilanmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Odiljon Isakov bu ko‘rsatkich maqsad emas, balki eng yuqori chegara ekanligini ma’lum qildi. Hozirda nisbat 37 foiz — 25,9 mlrd dollarga yetgan. Tashqi qarz esa nimaning hisobidan to‘lanishi haqida ma’lumot berildi.

Rossiyadagi inflyatsiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi — PMTI
3 avgust 2022, 22:11

Rossiyadagi inflyatsiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi — PMTI

Rossiyadagi narxlarning oshishi O‘zbekiston makroiqtisodiy barqarorligiga Turkiyadagi inflyatsiyadan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi, deydi PMTI ekspertlari. Rossiya tovarlari va xizmatlari narxlari oshishining O‘zbekistonda narxlar oshishiga ta’siri 7,7 baravar — 6 foizgacha oshishi mumkin

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi
3 avgust 2022, 16:17

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,54 so‘mga arzonlab, 10 942,58 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari, shuningdek, funt sterling, yuan, iyena va tenge pul birliklari ham pasaydi.

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi
3 avgust 2022, 15:56

Yil boshidan beri xodimlarga 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblangan — Soliq qo‘mitasi

Davlat Soliq qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida 5,4 mln kishiga jami 82,5 trln so‘m ish haqi hisoblanganini ma’lum qildi. O‘rtacha oylik maosh miqdori — 2,8 mln so‘mni tashkil etmoqda. Eng ko‘p ish haqi Toshkent va Navoiyda, eng kami esa Farg‘ona va Sirdaryoda to‘lab berilgan.

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi
2 avgust 2022, 23:08

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi

O‘zbekistonda avtomobil bozori yilning birinchi yarmida ikki baravardan ziyod oshdi. O‘sishning asosiy qismi eski avtomobillar savdosi bo‘yicha 308 ming bitim tuzilgan ikkilamchi bozorga to‘g‘ri keldi. Xorijiy avtomobillar savdosi 50 foizga oshdi.

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha hujjat sentabr oyida imzolanadi
2 avgust 2022, 17:55

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha hujjat sentabr oyida imzolanadi

Sentabrda Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammitida Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi kutilmoqda. Hozir tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari v. b. Vladimir Norov.

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy konteyner va tomografiya uchun skanerlar topshirdi
2 avgust 2022, 10:35

Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy konteyner va tomografiya uchun skanerlar topshirdi

Yaponiya O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi uchun uchta skaner, ultratovush va rentgen apparati bilan jihozlangan mobil tibbiy-diagnostika konteynerini topshirdi. U chekka hududlar aholisiga, shu jumladan, tabiiy ofatlar paytida yordam berish uchun ishlatiladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi
2 avgust 2022, 10:18

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun $100 mlnlik imtiyozli kreditlar ajratiladi

Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Banklar qarzlarni milliy valyutada 10 yil muddatga imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada taqdim etadi. Avvalroq MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini qisqartirishni so‘ragandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi
1 avgust 2022, 21:44

O‘zbekiston va Ozarbayjon 500 mln dollarlik investitsiya fondini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya fondini ishga tushiradi. Bir hafta ichida uni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi
1 avgust 2022, 21:08

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi

Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi
1 avgust 2022, 19:37

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi

Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvok oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi. Tenderda VIP Logistics g‘olib bo‘ldi.

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi
1 avgust 2022, 15:52

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi

JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi
29 iyul 2022, 16:52

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi

Hindiston O‘zbekistonga banan, mango, soya va guruch eksport qilishga ruxsat oldi, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar esa Hindiston bozoriga uzum, olxo‘ri va gilos yetkazib bera oladi. Tomonlar boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun cheklovlarni olib tashlashni muhokama qilmoqda.

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi
28 iyul 2022, 17:45

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
28 iyul 2022, 17:13

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,29 so‘mga arzonlab, 10 908,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

Olti oy ichida onlayn auksion orqali 174 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
28 iyul 2022, 16:33

Olti oy ichida onlayn auksion orqali 174 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

2022 yilning yanvar-iyun oylarida 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Tuzilgan bitimlarning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Ayrim banklar xalqaro plastik kartalardan naqd valyuta yechib olishga komissiya o‘rnata boshladi
28 iyul 2022, 14:24

Ayrim banklar xalqaro plastik kartalardan naqd valyuta yechib olishga komissiya o‘rnata boshladi

Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun «Kapitalbank» 0,7 foiz, «Ipak Yo‘li» banki esa 1 foiz miqdorda komissiya o‘rnatdi. Banklar buni naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish bilan izohladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov qolgan banklar ham komissiya o‘rnata boshlashi mumkinligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting