Siyosat

dayjest

Prezident va turizm sohasi vakillari nimalarni muhokama qildi?

Shavkat Mirziyoyev turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Prezident turoperatorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, QQSni subsidiya shaklida qaytarish muddatini uzaytirish, pensiyadagi sayyohlar uchun alohida viza rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi va boshqa masalalarni muhokama qildi.


dayjest

Prezident Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i loyihalari bilan tanishdi

Buxoro hududini 3831 gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va “juda baland bo‘lmagan stela"li istirohat bog‘i, tarixiy obidalar maketlari, raqamli panorama va boshqa obyektlar quriladi. Prezidentga shaharni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi.


dayjest

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonda muloqot qildi. U muftiydan fuqarolarning sharoiti, salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, O‘zbekistonga qaytgach, “hojilar yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga” umid bildirdi.


dayjest

Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


dayjest

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan.


dayjest

Firdavs Abduxoliqov boshqa ishga o‘tadi

Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov lavozimini tark etadi. U Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi kutilmoqda.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi

Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchib ketdi. Davlat rahbari Anqarada Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.


dayjest

BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston

BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etishda yagona front bo‘lib hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyasini ma’qulladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Prezident asfalt-beton qoplamali yo‘llar qurilishini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yangi loyiha bo‘yicha ta’mirlanayotgan yo‘lni ko‘zdan kechirdi. U 20 yilgacha xizmat qilishi kerak bo‘lgan yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Shavkat Mirziyoyev loyihani yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.


dayjest

Prezident Kappadokiyadagi kabi havo sharlari hududini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda. Prezident Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytdi. Ekologiya, transport va mudofaa vazirlariga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish topshirildi.


dayjest

Prezident — Buxoroda yangi aeroport qurilishi sabablari haqida

Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”.


dayjest

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

Prezident “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat davlat organlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq kompaniyalarga nisbatan tatbiq etiladi. Antikorrupsiya agentligi vakolatli tashkilot etib belgilandi.


dayjest

Yilning dastlabki 5 oyida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yanvar-may oylarida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Maydagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va oy davomida muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.


dayjest

2023-yilda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi savdo aylanmasi 11 foizga o‘sdi — Yevroittifoq elchisi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilda 11 foizga o‘sib, 5,13 mlrd yevroga yetdi. YeI elchisi Sharlotta Adrian ittifoq O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala uchrashuvida O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilish borasidagi amaliy ishlari muhokama qilindi. Tomonlar elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish, mamlakatda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etish masalalariga to‘xtaldi.


Jamiyat

dayjest

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Nexia urib yuborgan 6 yoshli qiz vafot etdi

Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi.


dayjest

Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi

O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.


dayjest

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, 1-oktabrdan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari kiritiladi.


dayjest

May oyida 67,8 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.


dayjest

Toshkentda fuqarolarni AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natish holatlariga chek qo‘ydi. Qo‘lga olinganlardan biri buning uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan.


dayjest

Xorazmda 2 nafar fuqaroni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Xivada fuqaro 2 nafar tanishini ishlash uchun Norvegiyaga yuborish evaziga 5600 dollar so‘ragani aniqlandi. U avans olayotganda ushlandi.


Jahon

dayjest

AQSh Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga boshpana berishga vaqtincha cheklov kiritdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!