5-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda davlat rahbati matbuot xizmati.

Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.

Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.