Firdavs Fridunovich Abduxoliqov Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz"ga hukumatdagi manbasi.

U Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi kutilmoqda. Ushbu tashkilot binosi Toshkentda 2017-yildan beri qurilmoqda.

Firdavs Abduxoliqov (1963 y. t.) — Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi (1985). Iqtisodiyot sohasida ham oliy ma’lumotga ega.

2003-yildan 2022-yilgacha Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasini boshqargan. 2019−2021-yillarda “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori sifatida ishlagan, 2021-yildan beri Kinematografiya agentligini boshqarib kelayotgandi. 2011-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan.