Samarqand viloyati Urgut tumanida Nexia-2 urib yuborgan 6 yashli qiz vafot etdi. Bu haqda MY5 telekanalining Markaziy studiya dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hodisa 2-iyun kuni tumanning Yangihayot mahallasida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi fuqaroning 9-sinfda o‘qiydigan farzandi Nexia-2 mashinasini haydab ko‘chaga chiqqan. Bola otasining aytishicha, mashina kaliti o‘zida qolgan paytda o‘g‘li undan so‘ramay, mashinani olib chiqib ketgan.

йтҳ, maktab o‘quvchisi

Haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan o‘quvchi mashinani yuqori tezlikda haydab kelayotganida yo‘lning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan 6 yoshli qizni urib yuborgan. Qiz shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u vafot etgan.

йтҳ, maktab o‘quvchisi

“Dadamdan so‘ramasdan mashinani olib chiqqandim. Mashinani yuvib chiqqanimdan keyin shu voqea bo‘ldi. Tormozni bosdim, tormoz ham ishlamadi. Qizcha oldimdan chopib chiqib qoldi. O‘zim tengi maktab o‘quvchilaridan hech kimga mashina haydashni maslahat bermayman”, — dedi rulda bo‘lgan o‘quvchi.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba, Farg‘onada traktor boshqarayotib poyezd bilan to‘qnashgan o‘quvchi va Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz urib yuborgan ikki bola halok bo‘lgandi.