BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Sabine Mahlni (Avstriya) BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinladi, deb xabar qildi tashkilotning mamlakatdagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

U 1-iyundan o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Ushbu tayinlovga qadar doktor Sabine Mahl 2019−2024-yillari davomida BMTning Gruziyadagi doimiy koordinatori lavozimida ishlagan.

Sabine Mahl 22 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistonda BMT Ayollar vakolatxonasi rahbari, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifasida ishlagan.

2007−2011-yillarda u Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Gaagadagi etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarining sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarini qamrab oluvchi bo‘limi rahbari/katta maslahatchisi lavozimida ishlagan.

2005−2007-yillarda Qirg‘izistonda YeXHT markazi rahbari o‘rinbosari va ushbu tashkilotning bosh qarorgohida mojarolarning oldini olish markazida Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2001-yilda Sabine Mahl YeXHTning Estoniyadagi missiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga faoliyat olib borgan va 2000-yilda Avstriyaning YXHTga raisligi davrida u Avstriya doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi lavozimida ishlagan. U shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining siyosiy bo‘limida Janubi-Sharqiy Yevropa bo‘limi boshlig‘i, Yevropa Parlamentida, Venadagi uchta turli sudlarda va Kroydon/Londonda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Sabine Mahl Vena universitetida tahsil olgan, ikkita magistr darajasi ega (huquq va tillar) va huquq fanlari doktori. U nemis (ona tili), ingliz, rus va fransuz tillarini yaxshi biladi. Oilali, ikki o‘g‘li bor.