Xorazm viloyati Xiva shahrida fuqarolarni Norvegiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi departament bo‘limi, DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Q.E. ismli shaxs 2 nafar fuqaroni 5 600 dollar evaziga Norvegiya davlatiga ishga yuborishini va’da qilgani aniqlangan.

U 1900 dollar va 1,2 million so‘mni avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.