Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga Ziyadulla Danabayevich Karimov hokim etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ziyadulla Karimov 1979-yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan.2001-yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2010-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U shu kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Yangi lavozimda Karimov 2022-yil 17-oktabrdan 2024-yilning mayiga qadar ishlagan Akmal Mirzayev o‘rnini egalladi. Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgandi.