Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 9-fevral kungi majlisida Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi va ularni Senatga yubordi, deya xabar bermoqda quyi palata matbuot xizmati.

Deputatlar Markaziy saylov komissiyasining quyidagi a’zolari vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qildi:

  • Marinika Babanazarova;
  • Feruzaxon Ahmedova;
  • Suyarjon Qurbonqulov;
  • Shuhrat Sirojiddinov;
  • Iroda Kenjayeva;
  • Alisher Isoqboyev;
  • Orzigul Qozixonova;
  • Sherzodxon Qudratxo‘ja;
  • Gulnoza Ismoilova;
  • Alisher Usmonqulov;
  • Orifjon Bozorov;
  • Shuhrat Jo‘rayev;
  • Muyassar Qodirova;
  • Ergash Yusupov.

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib Muxtabar Husanova (Qonunchilik palatasi deputati) va Xalmuxammed Paluaniyazov (MSK Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori) saylanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hamda Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan. Shuningdek, ularning doimiy asosda faoliyat yuritishi, Markaziy saylov komissiyasining 1 nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Hozirda Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosi bor bo‘lib, 14 nafar a’zosining vakolati tugatilishi va 2 nafar yangi a’zo saylanishi ortidan MSQ a’zolari soni 9 nafargacha tushadi.