Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezident Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan, sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olgan Avval xabar qilinganidek, 2024−2025-yillarda sport sohasida hamkorlik bo‘yicha dastur va turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘li dam olish maskaniga so‘nggi uch yilda 4 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan.

Davlat rahbarlari mazkur majmuaga tashrifi chog‘ida sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ikki davlat o‘rtasida turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

“Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdi”, — deyiladi xabarda.

Foto

aleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyevaleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyevaleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyevaleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyevaleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyevaleksandr lukashenko, amirsoy, foto, shavkat mirziyoyev