O‘zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi 17,2 foizga oshib, 4,55 mln so‘mni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Prezident huzuridagi Statistika agentligi. “Gazeta.uz” ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi.

Ish haqining o‘sish sur’ati 2022-yilga (21,1%) va 2021-yilga (20,3%) nisbatan past bo‘ldi.

Nominal hisoblangan ish haqi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarning (qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik biznes subyektlari bundan mustasno) ma’lumotlari asosida hisoblanadi. O‘rtacha ish haqini aniqlash uchun mehnat daftarchalari bo‘lgan ishchilarning daromadlari, shuningdek, shaxsiy daromad solig‘i va kasaba uyushma jamg‘armasiga badallar to‘langan holda ularga beriladigan nafaqalar, ish haqi, rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinadi.

O‘tgan yil davomida eng kam ish haqi avvaliga 980 ming so‘mga, keyin esa 1,05 mln so‘mga ko‘tarildi.

ish haqi, статистика, ta’lim

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida saqlanib qoldi, bu yil davomida 18,7 foizga (2022-yildagi 28,2 foizga nisbatan) 6,31 million so‘mdan 7,45 million so‘mgacha oshgan. Keyingi o‘rinlarda avvalgidek Navoiy — 5,89 million so‘m (+15,1 foiz), Toshkent — 4,5 million so‘m (+14,5 foiz), Andijon — 3,98 million so‘m (+17,3 foiz) va Buxoro viloyati — 3,88 million so‘m (+17 foiz) joylashgan.

Namangan viloyati o‘rtacha ish haqining 13,2 foizga — 3,3 million so‘mgacha o‘sishi hisobiga oxirgi o‘rinni egalladi. Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryoda — 3,37 mln so‘m (+14,5%), Surxondaryoda — 3,38 mln so‘m (+15,5%), Samarqandda — 3,4 mln so‘m (+17,8%) va Jizzax viloyatlarida — 3,47 mln so‘m (+18,1%) kuzatilmoqda.

ish haqi, статистика, ta’lim

Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi farqi kengayishda davom etmoqda. Jumladan, eng yuqori (Toshkent) va eng kam ish haqi (Namangan viloyati) o‘rtasidagi farq 2,18 barobardan 2,25 barobarga oshdi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 2,06 barobar, 2020-yilda esa 1,97 barobarni tashkil qilgandi.

Faqat Toshkent shahri va Navoiy viloyatida o‘rtacha ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Ilgari ushbu ro‘yxatda bo‘lgan Toshkent viloyati esa pastga tushdi.

Faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqi.

Faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohalariga to‘g‘ri keladi, garchi u yerda o‘sish sur’ati pasaygan bo‘lsa ham (30 foizdan 23,1 foizgacha), 10,8 million so‘mdan 13,3 million so‘mgacha oshgan. Axborot va kommunikatsiyalar sohasi tez sur’atlarda 40,3 foizga — 10,6 million so‘m, transport va saqlash sohasi — 6,94 million so‘m (+36,5 foiz), sanoat — 5,6 million so‘mga (+14,2 foiz) o‘sdi.

ish haqi, статистика, ta’lim

Eng past o‘rtacha oylik ish haqi hamon sog‘liqni saqlash — 3 million so‘m (2022-yilda 21 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, +14,97 foizni tashkil qilmoqda) va ta’lim sohasida — 3,12 million so‘m (bir yil avvalgi 16,5 foizga nisbatan +15,86 foiz) sohalarida saqlanib qolmoqda. “Gazeta.uz” avvalroq o‘qituvchilar va shifokorlarning maoshi boshqa sohalarga qaraganda sekin o‘sib borayotgani haqida yozgandi.

Xususan, agar 2019-yilda ta’lim sohasida ish haqi respublika darajasidan 20,7 foizga past bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yil yakuniga ko‘ra tafovut 31,4 foizga oshdi. Sog‘liqni saqlash sohasida farq 34 foiz darajada saqlanib qoldi. Bundan tashqari, ushbu ikki sohada eng ko‘p ishchilar — ta’limda 37,7% va sog‘liqni saqlash tizimidada 16,9% ishlaydi.

ish haqi, статистика, ta’lim

Oliy ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 7,36 million so‘mga (20,2 foiz), umumiy va o‘rta ta’lim muassasalarida — 2,72 million so‘mga (+20,2 foiz), maktabgacha ta’lim muassasalarida — 1,7 million so‘mga (+11,4 foiz) oshdi.

Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida — 5,07 mln so‘m (+20,8%), Toshkent viloyatida — 3,09 mln so‘m (+16,1%) va Navoiy viloyatlarida — 3,07 mln so‘m (+15,9%) kuzatildi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (2,87 million so‘m), Farg‘ona viloyati (2,8 million so‘m) va Qashqadaryo (2,62 million so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

“Gazeta.uz” avvalroq 2023-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga real daromadlar atigi 2,4 foizga o‘sgani haqida xabar bergandi — bu kamida besh yildagi eng past ko‘rsatkichdir (2020-yilgi pandemiya yilidan tashqari). Beshta hududda daromadlar pasayib, hududlar o‘rtasidagi bo‘linishlar oshdi.