dayjest

O‘zbekistonda hozir faqat virtual reallik orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar — Vision Pro trendi “Gazeta.uz” talqinida

Apple o‘zining yangi gadjeti — Vision Pro virtual reallik qurilmasini xaridorlarga yetkazib bera boshlagach, internetda undan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha memlar yasash trendga aylandi. “Gazeta.uz” ham trendga qo‘shilib, O‘zbekistonda hozir faqat virtual ko‘rish mumkin bo‘lgan kadrlardan memlar yasadi.


dayjest

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.


dayjest

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.


dayjest

Muomaladagi naqd pul ulushi yana qisqarmoqda, kartalardan naqd pul yechib olish kamaymoqda — MB

O‘zbekistonda 2023-yil yakuni bo‘yicha naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 2022-yilgi o‘sishdan keyin 21,5 foizgacha kamaydi. Kartalarga tushgan mablag‘lar tobora kamayib bormoqda — so‘nggi besh yil ichida ko‘rsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi.


dayjest

Ziyoratchilarni Umradan qaytarib olib kelolmagan Panorama Airways kompaniyasi mansabdori qamoqqa olindi

Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir kishi qamoqqa olindi. Kompaniya Saudiya Arabistonidan Umra ziyoratiga borganlarni O‘zbekistonga qaytara olmagandi. Bir necha kun avval 3000 dan ortiq ziyoratchi uyiga qaytarildi.


dayjest

Shuxrat Sadikov bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘ldi

Shuxrat Sadikov O‘zbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. U 2023-yilning fevralidan buyon kotibiyat rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

“Yangi Angren” IES ham havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES havoga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani, filtrlari samaradorligi tushib ketgani va sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirgani aniqlandi. Stansiya 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi, 11 nafar mansabdor ustidan organlarga murojaat qilindi.


dayjest

Mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilganlarning surati va ma’lumotini joylashtirish inson huquqlariga zid — ombudsman

Navoiy viloyatidagi mahallalarda “Sharmanda doskasi” joriy etilib, ularda jinoyat sodir etganlarning suratlari ilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Hukumat qarorida bu turdagi e’lonlarni joylashtirish belgilangan. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bunday amaliyot inson huquqlariga zid ekanini ta’kidladi.


dayjest

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.


dayjest

Reuters: Huawei SI chiplariga katta talab sabab smartfon ishlab chiqarishni sekinlashtiradi

Sun’iy intellekt chiplariga talab ortib borayotgani va AQSh savdo cheklovlari fonida Xitoyning Huawei kompaniyasi asosiy e’tiborni Ascend AI chiplarini ishlab chiqarishga qaratdi va Mate 60 smartfonlarini ishlab chiqarishni sekinlashtirdi, deb yozdi Reuters.


dayjest

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b. bo‘ldi

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Akmaljon Mirzaolimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimga qadar avvalgi hokim O‘tkirbek Shukurovning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgandi.


dayjest

Toshkentda piyodalarga xalal berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish boshlanmoqda

Toshkent shahri hokimiyati piyodalarga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanayotganini ma’lum qildi. Yo‘l bo‘yida ruxsatsiz qurilgan binolarning aksariyatida to‘xtash joylari yo‘qligi va ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgani ta’kidlandi.


dayjest

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar tayinlandi

Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulxonasiga rahbar bo‘ldi. U 2019−2023-yillarda Ukrainadagi elchixonada birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi sifatida ishlagan.


dayjest

Umra xizmatlarini reklama qilgan litsenziyasiz turfirmalar javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘istonda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda Umra xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan noqonuniy reklamalar joylashtirib borgan ikki kompaniya javobgarlikka tortildi.


dayjest

O‘zbekiston sud orqali Binance`dan litsenziyasiz ishlaganlik uchun jarima to‘lashni talab qilmoqda

O‘zbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 102 mln so‘m jarimaga tortilgan Binance kriptobirjasi buni to‘lashdan bosh tortdi. Endilikda summa sud orqali undirilishi, sud qarori kriptobirja ro‘yxatdan o‘tgan yurisdiksiyaga yuborilishi aytildi.


dayjest

Rossiya Ukraina bo‘ylab yana keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi

7-fevral kuni ertalab Ukraina yana o‘qqa tutildi, bir qancha hududlarda portlash ovozlari eshitildi. Kiyevda hujum tufayli 18 qavatli turar joy binosi yonib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.


dayjest

2023-yilda IELTS topshirgan yoshlarning 8,2 mingdan ortig‘iga imtihon xarajati qaytarib berildi

Yoshlar ishlari agentligi bir yilda 12,3 ming nafar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga 21,7 mlrd so‘m mablag‘ni kompensatsiya qildi. Imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib olgan yoshlarning eng ko‘pi IELTS`dan yuqori ball olgan.


dayjest

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.


dayjest

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.


dayjest

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi

Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.