Apple 2023-yilning 5-iyunida o‘zining yangi mahsuloti — Vision Pro virtual reallik shlemini taqdim etgandi. 2024-yil 2-fevraldan boshlab esa qurilmalarni egalariga yetkazib berish boshlandi (gadjet haqida batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin). Foydalanuvchilar Vision Pro bilan ko‘chada sayr qila boshlagandan keyin internetda bu bilan bog‘liq memlar keng tarqala boshladi va o‘ziga xos trendni yuzaga keltirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qurilmadan qanday foydalanish mumkinligini tasavvur qilib ko‘rmoqda, ba’zilar mashhur memlarni mavzuga moslab qayta ishlamoqda.

Masalan, Rossiyaning Insider nashri hozirda Rossiyada faqat virtual reallik texnologiyasidan foydalangan holda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalardan asosida memlar yasadi.

“Gazeta.uz” yuqoridagilardan ilhomlanib, quyida bu trend bo‘yicha o‘z versiyalarini taqdim etadi:

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Kadrda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining avvalgi ko‘rinishi tasvirlangan. Foto Tashkent Retrospective Telegram kanalidan olingan.

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Kadrda Amir Temur xiyobonining avvalgi ko‘rinishi tasvirlangan. Foto: Xaviyer. Tashkent Retrospective kanalidan olindi.

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

2019 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan avtomobilsiz kun davomida yo‘lda bemalol sayr qilayotgan, velosipedda uchayotgan bolalar. Foto: “Gazeta.uz”

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Aksariyat o‘zbekistonliklar futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2023-yilgi Osiyo kubogida g‘alab qozonishi juda istagandi. Afsuski, jamoa musobaqani chorak final bosqichida tark etdi. Yuqoridagi surat 2018-yili O‘zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioniga aylangan kunda olingan, biz faqat suratdagi yozuvni Qatardagi 2023-yilgi Osiyo kubogi ko‘rinishida o‘zgartirdik. Foto: MOQ.

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Siz haqiqatga aylanishi necha o‘n yillardan beri kutilayotgan bu hazilni to‘g‘ri tushundingiz deb o‘ylaymiz.

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Kadrda — hozirgi Islom Karimov ko‘chasidagi Kinochilar uyi. Tashkent City qurilishi munosabati bilan u 2017-yilda buzib tashlangan. Foto: Jasur Isxakov / mytashkent.uz.

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Kadrda huvillagan, navbatlar yo‘q gaz-zapravkada yoqilg‘i to‘ldirayotgan mashinani ko‘rish mumkin. Foto: Shohruh Haydarov / “Gazeta.uz”

apple, milliy bog‘, tarix, tramvay, virtual reallik, vision pro

Suratda Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan tramvaylardan birini ko‘rish mumkin. Foto: “Gazeta.uz”.

Siz-chi?

Siz bugun qaysi manzaralarni faqat virtual reallik qurilmasi orqali ko‘rish mumkin deb hisoblaysiz?