Toshkent shahri hokimiyati poytaxtda piyodalarga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanayotganini ma’lum qildi.

Hokimlik yo‘llarning qulayligi va xavfsizligini oshirish, sog‘lom turmush tarzi, faol hordiq chiqarish va dam olishi uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha ishlar doirasida joylarda piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘llarning qulayligi tahlil qilgan.

“E’tiborni tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolar tortdi. Yo‘llar bo‘ylab joylashgan bu binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, masalan, ularning aksariyatida to‘xtash joylari va yo‘laklari yo‘q, ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgan. Shunday qilib, haydovchining bir daqiqalik xarid qilish jarayoni boshqa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham sezilarli noqulaylik va xavf tug‘diradi”, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda tahlil natijalari asosida tegishli shahar xizmatlari tomonidan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanayotgani ta’kidlandi.

Hokimlik Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.

Tadbirkorlar va shahar aholisidan ushbu turdagi ko‘chmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lish, yuridik xizmatlar bilan maslahatlashishga so‘ralgan. Toshkent shahri kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan, ularning chegaralari, maydoni va binolarning turlarini tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emasligi eslatildi.

“Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling. Hurmatli poytaxt aholisi! Faqat ishonchli va rasmiy ma’lumot manbalariga ishonch bildiring, aniq ma’lumot uchun 71 210−01−63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.