dayjest

O‘zbekistonda 2021-yildan beri birinchi marta o‘lim darajasi oshdi

O‘zbekistonda 2021-yili boshlangan o‘lim darajasining kamayish tendensiyasi 2023-yilga kelib to‘xtadi. Ammo bolalar va o‘smirlar o‘limining ulushi 2,3 barobar kamaydi. O‘lim holatlarining asosiy sababi — hali ham qon aylanish kasalliklari. Respirator kasalliklar ulushi qisqargan, onkologiya ulushi esa ortgan.


dayjest

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.


dayjest

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi o‘rganildi

Oila instituti 3 mingdan ortiq odam o‘rtasida oilalarning baxtlilik darajasini tahlil qildi. Indeksda Xorazm, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yuqori, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari esa quyi o‘rinni egalladi. Tahlil natijalari.


dayjest

Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi

Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.


dayjest

Prezident NKMK, OKMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran"ni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran"ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.


dayjest

MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi

O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.


dayjest

Jahongir Ortiqxo‘jayev — biznes, o‘qish va ishlash o‘rtasidagi tanlov hamda mahsulotni targ‘ib qilish haqida

Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev biznes marafonda yoshlarning savollariga javob berdi. “Otam biznesga kirishimdan qo‘rqardi. Bir kun qamalib ketasan derdi”, — deydi u. Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Artel reklamasiga nega Bahodir Jalolov tanlangani haqida gapirdi.


dayjest

AQSh askarlari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi

Oq uy Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida amerikalik askarlar halok bo‘lgani sabab Iroq va Suriyadagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi.


dayjest

Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar bo‘ldi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.


dayjest

“Qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanadi”. Surxondaryo hokimligi maktabga olib boruvchi qoniqarsiz yo‘l haqida

Tarmoqlarda Surxondaryoda maktab bolalari qoniqarsiz yo‘ldan maktabga ketayotgani videosi tarqaldi. Viloyat hokimligi yo‘ldagi qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanishini ma’lum qildi.


dayjest

“Toshkent IES” mazut yoqqani aniqlandi, havo va tuproqqa 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan

Yanvar oyida ekologlar Toshkent issiqlik elektr stansiyasi (ToshGRES)ning havo va tuproqqa ta’sirini o‘rgandi. Aniqlangan zarar 1 mlrd so‘mga baholanmoqda, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi. IES asosiy yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi, lekin ba’zida mazut yoqadi, shuning uchun poytaxtni tutun qoplagan.


dayjest

Kongratbay Sharipov oliy ta’lim vaziri bo‘ldi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.


dayjest

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi

JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.


dayjest

Ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishdan olindi

2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi. U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-fevral)

Sakkizta film premyerasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, bolalar mahorat darslari va shoulari, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi

Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.


dayjest

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.


dayjest

Dam olish kunlari Bo‘stonliq tog‘lariga harakat bir tomonlama tashkil etiladi

3−4-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tog‘laridagi dam olish maskanlariga borish uchun transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bunda ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik inobatga olingan.


dayjest

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center) tashkil etildi. Markazda 2024-yil 1-iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.


dayjest

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi

Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.


dayjest

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi

2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.


dayjest

O‘zbekiston YeOII dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirmoqchi

Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston YeOIIning ko‘p tomonlama dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yashil yo‘laklarni to‘liq ishga tushirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari erkin savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif qildi.