dayjest

621 ming so‘m — O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi. Ko‘rsatkich mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.


dayjest

Payshanbadan havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi iliq bo‘ladi. Harorat kechalari +5, kunduzi +12…+15 darajagacha ko‘tariladi. So‘ng Volgabo‘yidan kirib keluvchi nam havo massalari tufayli 25-yanvarda respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor bo‘ladi. Harorat shimolda kechasi −6…−11, kunduzi 0…−5 darajagacha soviydi.


dayjest

Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovni amalga oshirib bo‘lmayapti, kartadagi mablag‘ qoldig‘i esa noto‘g‘ri ko‘rsatilmoqda. Kompaniya soat 10:00 ga qadar davom etadigan texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi (dastlab bu ishlarni 3:30 gacha, keyinchalik 9:00 gacha yakunlash rejalashtirilgandi).


dayjest

Rossiyalik prodyuser Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanadi

Rossiyalik prodyuser, “Gazprom-media” bosh direktori o‘rinbosari Tina Kandelakiga Qozog‘istonga kirish taqiqlanmoqda. Bunga uning Qozog‘istondagi temiryo‘l vokzallari nomi o‘zgartirilishini rus tilini davlat darajasida siqib chiqarish deb baholagani va “manqurtlik” haqidagi posti sabab bo‘ldi.


dayjest

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi

Toshkentda jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo‘laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.


dayjest

Afg‘onistonda qulagan Falcon samolyoti halokatidan 4 kishi omon qoldi, 2 kishi qidirilmoqda

Gaya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Rossiyaning xususiy Falcon 10 samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi omon qoldi. Tirik qolganlar faqat ekipaj a’zolari bo‘lib, yana 2 nafar yo‘lovchini qidirish ishlari olib borilmoqda.


dayjest

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan YTH tufayli 3 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekistondan bo‘lgan bir oilaning a’zolari sanaladi. Shuningdek, bir bola shifoxonaga yotqizilgan.


dayjest

Eski ToshMIdagi tarixiy binoning restavratsiya loyihasi tasdiqlandi

Madaniy meros agentligi xulosasi bilan eski ToshMI hududidagi sobiq kadet korpusining binosini restavratsiya qilish loyihasi tasdiqlandi. Uni O‘zshaharsozlik LITI davlat muassasasi ishlab chiqdi, qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona qurish, cherkov bo‘lgan yuqori qismni tiklash, tashqi ko‘rinishini saqlash belgilandi.


dayjest

Trampning respublikachilardan asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kurashidan chiqdi

2023-yilda respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampga asosiy raqobatchi deb ko‘rilgan Ron Desantis prezidentlik kampaniyasini to‘xtatdi. Florida gubernatori o‘z tarafdorlarini Trampga ovoz berishga chaqirdi.


dayjest

O‘zbekistonda IMEI kodini noqonuniy o‘zgartirish yoki nusxalash uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI kodini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bunda qoidani buzganlarga jarima solinishidan tashqari, jinoyat sodir etishda foydalanilgan ashyo musodara qilinadi.


dayjest

Yevroittifoq Ukraina uchun 20 mlrd yevrodan ortiq yangi harbiy yordam fondi yaratishni reja qilmoqda

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha yangi rejani ko‘rib chiqadi. Buning uchun maxsus fond tashkil etilishi, unga Yevropa tinchlik fondidan 6,5 mlrd yevro ajratilishi, 2024−2027-yillarda esa yiliga 5 mlrd yevrodan o‘tkazib borilishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.


dayjest

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?

O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.


dayjest

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.


dayjest

Farg‘ona shahridagi neft bazada yong‘in chiqdi

Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.


dayjest

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.


dayjest

Toshkentning 3 ta tumanidagi 160 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha ogohlantirildi

Ekologiya vazirligi poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi jami 160 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berdi.


dayjest

“Biz ham boshqa jamoalar uchun qiyin raqibmiz”. Srechko Katanets — Osiyo Kubogidagi Avstraliyaga qarshi o‘yin haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets jamoa Avstraliyaga mag‘lub bo‘lsa ham, 90 foiz holatda turnirning 1/8 final bosqichiga chiqishini, ammo maqsad baribir g‘alaba qozonish ekanini aytdi. “Avstraliyaga qarshi yomon statistikaga chek qo‘yish niyatidamiz”, — deydi futbolchi Odiljon Hamrobekov.


dayjest

Aktyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida “Maftuningman”, “Odamlar orasida yolg‘iz”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab film va spektakllarda rol ijro etgan. Bir qancha unvon va ordenlar sohibiga aylangan.


dayjest

FT: YeI G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga ko‘nmagani uchun Isroilga qarshi “oqibatlar"ni ko‘rib chiqmoqchi

Yevropa Ittifoqi Isroil G‘azo bo‘yicha Bryussel taklif qilgan tinchlik rejasidan bosh tortishda davom etsa, buning oqibatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Reja mustaqil Falastin davlatini tuzishni nazarda tutadi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

“Shuncha azob chekib, ro‘yxatda yo‘q ekanimiz alam qiladi” — farzandi “Dok-1 Maks"dan nogiron bo‘lib qolgan ota-ona

Sardobalik 5 yoshli Mansurbek Kemamov “Dok-1 Maks"dan zaharlanib, bir necha oy ko‘rolmay va yurolmay qolgan. Bolaning hayotini saqlab qolish uchun ota-onasi bor-budini sotib, 150 mln so‘m qarzga ham botgan. Ular Mansurbekning “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar ro‘yxatiga kiritilmaganidan norozi.


dayjest

“Anonim terror” qonuniylik va so‘z erkinligiga qanday zarba bermoqda?

O‘zbekistonda “anonim terrori” yangi bosqichga chiqmoqda. Ular endi tergov va sud o‘rnini ham egallamoqchi — o‘zi ayblov e’lon qiladi, hukm o‘qiydi, jazolaydi. Jamoat faoli Shahnoza Soatova va huquqshunos Furqat Tojiyevning qayd etishicha, bu oshkora qonunsizlik qissasini hamma o‘qiyapti, lekin hech kim indamaydi.