Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Navbatdagi “Alifbo islohoti”: Jamoatchilik bunga qanday munosabatda?

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasini jamoatchilik turlicha qarshi oldi: buning “hammaga kerakli o‘zgarish” ekani aytilayotgan bir paytda “o‘zgartirish uchun mantiqiy sabab topa olmayotgan"lar va “to‘rt harfning o‘zgarishi islohot emas” deguvchilar bor. Munosabatlar.

“3 yil umrimni yo‘qotdim. Bunga kim javob beradi?” — Central Asian University talabasi

CAU (Akfa) universitetining 2 yil tayyorlov kursini bitirganlar sabablarsiz OTM talabalari safidan chetlatildi. Bunga eski va yangi rahbariyat o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” talabalar va ularning ota-onalariga mikrofon tutdi, universitet rahbariyati esa savollarga javob berishni istamadi.

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi

“Antistrumin” yod preparatini ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasi faoliyati tekshirilmoqda. Nojo‘ya ta’sirlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari ushbu preparatni qo‘llash sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Rasmiylar esa bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkin degan fikrda.

Toshkentdagi korxona 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal emlanmaganlar orasida tarqalmoqda va bu tabiiy hol — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ko‘kyo‘tal kasalligi mavsumiy bo‘lib, asosan emlanmaganlar orasida tarqaladi. “Shu bois ko‘kyo‘tal kam miqdorda bo‘lsa-da, aholi o‘rtasida qayd etib turilishi tabiiy hol”, — dedi u.

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi

Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.

Qashqadaryo va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi

Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi

Prezident aholi chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdan noroziligi hamda sohaga islohotlar zarurligini ma’lum qildi. Yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish taklif etilmoqda.