Denominatsiya qilish rejasi yo‘q — Markaziy bank

Markaziy bank pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston tomoni Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uzum va Click birlashishini e’lon qildi

11 millionga yaqin foydalanuvchiga ega Click to‘lov tizimi Uzum ekotizimining bir qismiga aylanadi. Birlashish natijasida Click foydalanuvchilari, jumladan, chekka hududdagilar bozor va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Denominatsiya qilish rejasi yo‘q — Markaziy bank

Markaziy bank pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Hafta davomida harorat yana ko‘tarilishda davom etadi

Dam olish kunlari harorat biroz pasaygan bo‘lsa, yangi haftada asta-sekin ko‘tarilib, +40…+42 darajagacha yetadi, bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi

Poytaxtning Chorsu va Eski juva bozorlari 2023-yil oxirigacha tartibga keltirilib, turistik jozibadorligi oshiriladi. Bunda zamonaviy savdo rastalari va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash va binolarni milliy arxitektura asosida rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

Qashqadaryoda terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan erkak 6 yilga qamaldi

2022-yilda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish va terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Birga yurgan noyob morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylari (video)

Ekologiya vazirligi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylarining birgalikda yurgan kadrlarini e’lon qildi.

“Yashil taraqqiyot uchun!” Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturi

Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev saylovoldi dasturida 2030-yildan boshlab, 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni ta’qiqlash, chiqindilardan energiya manbai sifatida foydalanish, 100 yoshdan oshgan daraxtlarga tabiiy yodgorlik maqomini berish kabi masalalar o‘rin olgan.

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi

XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash, kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, “maktab solig‘i”ni joriy etish kabi masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

“Adolat — har bir inson uchun!” Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi

“Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova sud qarorlarini ijro qilish vakolatini prokuratura va ichki ishlar organlaridan adliya idoralariga berish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, bolalarga bepul stamotologiya xizmati ko‘rsatilish kabi masalalarni o‘z saylovoldi dasturiga kiritdi.

“Gazeta.uz” da e’lon qilingan maqola:

Nukus ishi: Apellyatsiya shikoyati bergan 28 nafar shaxsdan 5 nafari ozod etildi, 16 nafar sudlanuvchining jazo muddati qisqartirildi

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoyat ishida sudlangan yana 28 nafar shaxsning apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qarori e’lon qilindi. 5 nafar sudlanuvchining jazosi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi, 16 nafar sudlanuvchining jazo muddati qisqartirildi, 7 nafar sudlanuvchining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.