O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Chimkentdagi norasmiy uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari

Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va Adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Qonun bilan ulardan tijorat maqsadlarida qonunga zid ravishda foydalanish o‘g‘rilik deb baholanmoqda. Buning uchun ma’muriy javobgarlikni ko‘rib chiqish vakolati O‘zenergoinspeksiyadan sudlarga beriladi.

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi

Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

«Yandeks.Taksi»ning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda — qo‘mita

Yandex Go taksi xizmatining O‘zbekistondagi faoliyati tufayli monopoliyaga qarshi organ va Soliq qo‘mitasi tanqidga uchradi. Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi «Yandeks.Taksi» va boshqa xorijiy xizmatlarning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganini tan oldi.

Toshkentda yana avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda

«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Fevralda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari yanvarga nisbatan 4 marta ko‘paydi

Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi

O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 25 metr sekundgacha kuchayishi mumkin.

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

4−10 mart kunlari 6 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda

U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi

Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi

Senat O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi. 2017 yildan buyon ushbu diplomatik missiyani boshqarib kelayotgan Javlon Vahobov Sidiqov ketgan lavozimni egallashi mumkin.

«Sport siyosatdan xoli». Boks federatsiyasi ayrim davlatlar Toshkentda o‘tadigan JCHni boykot qilganiga munosabat bildirdi

Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga qator davlatlar boykot e’lon qilgani munosabati bilan Boks federatsiyasi mamlakat musobaqani o‘tkazish huquqini olganida hech qanday cheklov bo‘lmaganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi

Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda ilk bor xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi. Kunning ikkinchi yarmida yana bir o‘zbekistonlik 23 yoshli Muhammadali Sodikov ham xuddi shunday natijaga erishgani ma’lum qilindi.

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi

4 martdan Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, biroq harorat +19…+21 darajani tashkil etadi. Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Vazirlikdan elchilikka, elchilikdan vazirlikka va siyosiy boshpana so‘rovi. AQShdagi o‘zbek elchilari haqida

Safoyev va Kamilov AQShda elchilik qilishdan avval ham, keyin ham TIVga rahbar bo‘lgan. G‘ulomov esa qariyb butun Yevropa uchun elchilik qilgach, so‘ng xuddi shu ishni qariyb butun Amerika qit’asi uchun bajargan. O‘zbekistonning AQShdagi eng birinchi elchisi u yerda butunlay qolishga qaror qilgan.

Nima ko‘ramiz? Kinorejissyor Sarvar Karimov tavsiya qiladi

Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. «Gazeta.uz» vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida «Nima ko‘ramiz?» loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.