Konstitutsiyani referendum orqali o‘zgartirish taklif etildi

Prezident Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum o‘tkazish yo‘li orqali o‘zgartirishni taklif qildi. «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Konstitutsiyaga o‘lim jazosini taqiqlash bo‘yicha norma kiritishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.

Toshkent aeroportini ko‘chirishning maqsadga muvofiqligi prezident bilan muhokama qilinmoqda — Ra’no Jo‘rayeva

Prezident va hukumat Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qilmoqda. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayevaning fikricha, yangi uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurishning imkoni yo‘qligi sababli havo bandargohining hozirgi quvvatlari uzog‘i bilan 2027 yilgacha yetadi.

Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi doirasida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari — Mulla Abdul G‘ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Silk Avia aviakompaniyasining ilk parvozlarini kuzda amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Hududiy Silk Avia aviakompaniyasi ilk parvozlarni joriy yilning sentabr-oktabr oylarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Rano Jurayeva kechikishni loukaster tashkil etish jarayoni bilan bog‘ladi.

Qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha qaror imzolandi

2023 yildan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha Xotira turniri, professional sportchilar o‘rtasida prezident va Amir Temur kubogi xalqaro musobaqalari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda qo‘l jangi bo‘yicha mahorat darslari o‘tiladi.

Haftaning birinchi yarmi yomg‘irli, ikkinchi yarmi esa quruq bo‘lishi kutilmoqda

Dushanbadan chorshanbagacha respublikaning turli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘adi, harorat esa +23…+28 atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat +39 darajaga ko‘tarilishini ma’lum qildi.

«Miranda qoidasi» va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganda, unga huquqlarini tushuntirish bo‘yicha qoidani («Miranda qoidasi») va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish kerakligini ta’kidladi. Ushbu qoidalar O‘zbekiston qonunchiligida allaqachon belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev prezidentning ayrim vakolatlarini Senatga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev prezidentning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Hisob palatasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tashkilot avvalambor Senat oldida hisobdor bo‘lishi lozim.

Shahrisabzda Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi

Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.

Toshkentning sakkizta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtdagi yuqori bosimli magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sababli sakkizta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti seshanba kuni soat 6:00 ga qadar to‘xtatiladi.

Prezident oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev «oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi», jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etdi. Davlat rahbari iqtidorli yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlashni mustaqil qoida sifatida belgilash kerakligini aytdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotomateriallar:

«Insonlar hayotini qutqarishda davom etyapman» — PETRONAS kompaniyasining xavfsizlik, sog‘liq va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha boshqarmasi bosh menejeri Nafisa Xodjayeva

Malayziyaning PETRONAS kompaniyasi Xavfsizlik, salomatlik va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha boshqarmasi bosh menejeri Nafisa Xodjayeva — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Undan shifokorlik amaliyotini nima uchun tark etgani, korporatsiyada gender tengligiga munosabat qandayligini bilib oldik, shuningdek, yoshlarga maslahatlar berishini so‘radik.

Foto: Yomg‘ir ostida qolgan Toshkent ko‘chalari

20 iyun kuni Toshkent shahrida yog‘gan qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar tufayli poytaxt ko‘chalarini suv bosdi. Yomg‘ir hatto savdo markazlaridagi do‘konlargacha kirib bordi.