Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik tadbirkorlar tomonidan soliq idoralari xodimlari tekshiruvlar o‘tkazish bilan qo‘rqitib, ulardan muayyan turdagi nazorat kassa mashinasidan foydalanishni talab qilayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi.

nazorat kassa машиналари, soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi seshanba kuni tadbirkorlarga davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat kassa mashinasi yoki virtual nazorat kassa mashinasi modelini uning narxi, funksionalligi, foydalanish qulayligi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, erkin tanlash huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi.

“Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan ma’lum bir onlayn NKTdan majburan foydalanishga undash holatlariga duch kelsangiz, bu haqda @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar bering”, — deyiladi xabarda.

Soliq qo‘mitasi naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlar onlayn nazorat kassa mashinasi yoki virtual nazorat-kassa mashinasidan foydalanishi kerakligini eslatdi. Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.