13-may kuni soat 18:00 atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 52 yoshli haydovchi M.T. boshqaruvidagi Matiz (Yandex Go taksi xizmati avtomobili), 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi Lacetti, 42 yoshli R.A. boshqaruvidagi Spark va 28 yoshli S.D. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida 2 fuqaro jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.