MB 1000 so‘mlik kupyuralarni tangalarga almashtirishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank 1000 so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarish niyatida emas. Kupyurani tangalarga almashtirish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov. Hozirda 1000 so‘mlik kupyuralar deyarli muomaladan chiqqan — 2021 yilda ularning naqd pul tarkibidagi ulushi 1,4 foizgacha kamaydi.

Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi

Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri «Sabriya» seriali tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatildi

«Sabriya» teleseriali tanqididan so‘ng Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri lavozimini tark etdi, telekanal kuzatuv kengashiga esa vaqtinchalik Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar AOKA tekshiruvidan keyin sodir bo‘ldi.

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi

Ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi — payshanba kuni 1321 kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natijani ko‘rsatdi. 3 nafar bemor esa virus asoratlaridan vafot etdi.

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.

Qozog‘istonda 18 nafar o‘zbekistonlik hujjatsiz yurgani aniqlandi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.

Bog‘chalar yopilmaydi, lekin karantin talablari kuchaytiriladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin talablari kuchaytiriladi. Koronavirus holatlari aniqlangan bog‘cha guruhlari SanEpidxizmat xulosasiga ko‘ra vaqtinchalik karantinga yopiladi. Davlat MTTlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi

Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

«Lechche»ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodov gol urdi

Italiya kubogining nimchorak final bahsida «Roma» klubi «Lechche» ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga romaliklardan Temmi Abraham, Marash Kumbulla hamda zaxiradan tushgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning joriy mavsumdagi 2-goli.

Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlov kuni lavozimdan ozod etilgan Alisher Mustafoyevning o‘rnini egalladi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi katta prokurori hibsga olindi

Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori fuqaroga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘konining orqasida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondor protsessual tartibda ushlangan.

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishi natijasida dam olish kunlari havo harorati sovuq va bulutli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor.

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi

Toshkent tez tibbiy yordam xizmatining call-markazida chaqiruvlarini bemorning ahvoliga qarab saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endi «tez yordam» og‘ir ahvoldagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, ahvoli yengil bemorlarga esa oilaviy poliklinikalarning mobil brigadalari yuboriladi.

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi

Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.