Jahon

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlari ko‘chada yoqib yuborilmoqda
26 aprel 2021, 10:42

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlari ko‘chada yoqib yuborilmoqda

Hindistondagi kasalxonalar yotoq va kislorod tugaganligi sababli COVID-19 bemorlarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. O‘liklar ko‘pligidan, ularning jasadlari ko‘chada yoqilmoqda. Kuniga 360 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, 3 ming kishi vafot etayotgani qayd etilgan.

«Oskar-2021» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
26 aprel 2021, 10:01

«Oskar-2021» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

«Oskar-2021» mukofotiga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi. «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi») filmi eng yaxshi film deb topildi, unda asosiy rolni ijro etgan Frensis MakDormand eng yaxshi aktrisa bo‘ldi, eng yaxshi aktyor esa Entoni Xopkins («Ota» filmi) deb topildi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
24 aprel 2021, 12:32

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Bekor qilingan Yevropa Superligasi, OCHL o‘yinlarida O‘zbekiston jamoalari ishtiroki, Jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar, Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston futzal terma jamoasi va boshqa eng muhim xabarlar — “Gazeta.uz” haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 aprel 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Quddusdagi taroveh namozidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining jarohat olgani, Afg‘onistonning AQSH va NATO qurollarini olib qolishni rejalashtirayotgani, Boltiqbo‘yi davlatlarining rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?
23 aprel 2021, 18:02

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?

Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?

Jahon yangiliklari dayjesti
22 aprel 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Komissiyasining AstraZeneca’ga qarshi sudga murojaati, ilk bor Mars atmosferasidan kislorod ajratib olingani, Indoneziyaning suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 aprel 2021, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar, Suriyada prezident saylovlarida ilk bor ayol kishining qatnashayotgani, Apple’dan yangi modellar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Superliga rasman to‘xtatildi. Bunga ingliz klublari musobaqadan chiqib ketgani sabab bo‘ldi
21 aprel 2021, 12:56

Superliga rasman to‘xtatildi. Bunga ingliz klublari musobaqadan chiqib ketgani sabab bo‘ldi

Angliyaning «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari Superligada qatnashishdan bosh tortgandan keyin musobaqa rasman to‘xtatildi. Keyinroq loyiha qaytadan ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Sobiq politsiyachi Derek Shovin Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topildi
21 aprel 2021, 11:46

Sobiq politsiyachi Derek Shovin Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topildi

Sobiq politsiyachi Derek Shovin afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishda aybdor deb topildi. Uning o‘limi AQSHda irqchilikka qarshi noroziliklarni keltirib chiqargan edi. Shovinga 40 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 aprel 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniyada pandemiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhining tashkil etilishi, Ukrainada maxsus xizmatlarning shay holatga keltirilgani, Qirg‘izistonda koronavirus keng tarqalishi sababli maktab imtihonlarining bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Chad prezidenti qo‘zg‘olonchilarga qarshi jangda jarohatlanib, vafot etdi
20 aprel 2021, 18:14 1

Chad prezidenti qo‘zg‘olonchilarga qarshi jangda jarohatlanib, vafot etdi

Chad prezidenti Idris Debi qo‘zg‘olonchilarga qarshi jang paytida olgan jarohati tufayli vafot etdi. Avvalroq Idris Debi 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, oltinchi muddatga prezidentlikka qayta saylangan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 aprel 2021, 21:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Chexiyada Rossiya elchixonasining 18 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilgani, Moldova prezidentining fitnatda ayblanayotganligi, SpaceX’ning Oyga astronavtlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Belarusda isyonga urinish va prezidentga suiqasd qilishga tayyorgarlik haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi
19 aprel 2021, 14:50

Belarusda isyonga urinish va prezidentga suiqasd qilishga tayyorgarlik haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

Belarusda harbiy qo‘zg‘olonni tashkil etishda hamda prezident Aleksandr Lukashenko va uning oilasiga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan fuqarolar hibsga olindi.

Yevropaning top klublari futbol bo‘yicha Superliga tashkil qilishmoqda
19 aprel 2021, 12:26

Yevropaning top klublari futbol bo‘yicha Superliga tashkil qilishmoqda

Yevropada 12 ta top klub futbol bo‘yicha Superliga tashkil qilishlarini e’lon qilishdi. UEFA bunga qarshi chiqib, jamoalarga sanksiyalar qo‘llashini, o‘yinchilarni ham musobaqalaridan chetlatishi mumkinligini aytdi. Mazkur musobaqaning tashkilotchisi kim? Musobaqa rahbariyati, uning o‘tkazilishi formati qanday bo‘ladi? Bu haqda batafsil «Gazeta.uz» izohida.

Isroilda ko‘chada niqob taqmaslikka ruhsat berildi
19 aprel 2021, 11:51

Isroilda ko‘chada niqob taqmaslikka ruhsat berildi

Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari pasayishi sababli ko‘chada niqob taqish talabi bekor qilindi. O‘z yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining 50 foizidan ortig‘i COVID-19 ga qarshi emlandi.

Eng muhim sport xabarlari haftalik dayjesti
17 aprel 2021, 15:12

Eng muhim sport xabarlari haftalik dayjesti

Ravshan Ermatovning yangi lavozimga tayinlanishi, YeCHL va YeL yarim final juftliklari, «Paxtakor» hamda AGMK jamoalarining OCHLdagi ishtiroki va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 aprel 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Angela Merkelning AstraZeneca bilan emlangani, Isroilning G‘azodagi XAMAS ob’ektlariga zarba bergani, Avstraliyada ilk bor emlanishdan so‘ng o‘lim holati qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 aprel 2021, 21:09

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH Federal qidiruv byurosining har o‘n soatda Xitoyga qarshi yangi tergov o‘tkazishi, Hindiston va Pokistonning yashirin muzokaralari, Gruziya va Bolgariyaning o‘z harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
15 aprel 2021, 18:17

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

AQSH Rossiyaning «zararli tashqi faoliyati» tufayli mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. AQSH banklariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi bir qator jismoniy shaxslar va kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etildi.

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi
15 aprel 2021, 14:27

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi

Yevropa Ittifoqida 21 iyun kuni ittifoq mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklash imkonini beruvchi «salomatlik to‘g‘risida guvohnoma» kuchga kiradi. Unda sug‘urtalanganlik, emlash va COVID-19 testlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting