Angliyaning «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari Superligada qatnashishdan bosh tortgandan keyin musobaqa rasman to‘xtatildi. Bu haqda Superliga matbuot xizmati xabar berdi.

«Yevropa Superligasi hozirgi Yevropa futbolining holatini o‘zgartirish kerakligiga ishonchi komil.

Biz yangi turnirni taklif qilayotganligimizning sababi hozirgi tizim ishlamayotganligida. Bizning taklifimiz pandemiya sharoitida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan barcha futbol jamoatchiligiga yordam berish va ushbu sport turining rivojlanishiga qaratilgan. Shuningdek barcha futbol guruhlari oshirilgan to‘lovlar olishadi.

Bosim ostida ingilz klublarining chiqib ketganiga qaramay, bizning taklifimiz Yevropaning qonunlari va qoidalariga to‘liq mos kelishiga aminmiz, bu sudning Superligani uchinchi shaxslarning harakatlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan.

Hozirgi sharoitda biz muxlislarga eng yaxshi na’munani taqdim etish va shu bilan birga butun futbol jamoatchiligiga to‘lovlar oshirilishi uchun o‘z maqsadlaridan ketmasligi uchun loyihani o‘zgartiramiz", — deyiladi bayonotda.

Hozirgacha Angliya jamoalari musobaqada ishtirok etmasliklarini rasman bildirishdi. Italiyaning «Yuventus», «Inter», «Milan» hamda Ispaniyaning «Barselona», «Real», «Atletiko» jamoalari bu borada rasmiy xabar bermadi.

Yevropa Superligasi tashkil etilishi ikki kun oldin e’lon qilingan edi. Ta’sischi klublar «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Yuventus», «Inter» va «Milan» edi.