Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan yuqtirish darajasining pasayishi munosabati bilan ko‘chada himoya niqoblarini taqish talabini bekor qildi. Bu haqda vazirlik ma’lumotlariga asoslanib TASS xabar bermoqda.

SSV ochiq havoda bo‘ladigan yig‘ilishlarda niqob taqishni davom ettirishni tavsiya etdi. O‘z yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda.

Vazirlik shuningdek, isroilliklarga «ko‘chada bo‘lsa ham oldilarida niqob olib yurishni»ni maslahat berdi.

20 dekabrda Isroilda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi.

18 aprel holatiga ko‘ra, Pfizer vaksinasining birinchi dozasi bilan mamlakatning 5 mln 350 ming 327 nafar fuqarosi, ulardan ikkinchi dozasi bilan 4 mln 977 ming 399 nafari emlandi.