Jahon

AQSh dollar banknotalarini Rossiyaga yetkazib berishni taqiqladi
11 mart 2022, 23:00

AQSh dollar banknotalarini Rossiyaga yetkazib berishni taqiqladi

AQSh navbatdagi sanksiyalar doirasida Rossiyaga dollar banknotalarini yetkazib berishni taqiqladi. Qolaversa, avtomobil, kiyim-kechak va zargarlik buyumlari eksporti cheklandi. Bundan tashqari, Rossiyadan ikra, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklar, shuningdek, brilliant va olmoslar importiga ham taqiq qo‘yildi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar qaysi xizmatlar orqali uyga pul yuborishlari mumkin?
11 mart 2022, 20:04

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar qaysi xizmatlar orqali uyga pul yuborishlari mumkin?

Rossiyada Visa va Mastercard to‘lov tizimlari hamda Western Union platformasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiyadagi o‘zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin? «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan bir nechta banklardan izoh oldi.

Urush paytida yangiliklar oqimida cho‘kib ketmaslik bo‘yicha tavsiyalar
11 mart 2022, 18:11

Urush paytida yangiliklar oqimida cho‘kib ketmaslik bo‘yicha tavsiyalar

Ishonchli mualliflarni o‘qish, qarama-qarshi taraf bilan bahslashmaslik, axborot-detoks qilish — asli rossiyalik Mark Novikov urush payti axborot makonida odamlar o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ukraina ikki haftada 100 milliard dollarlik zarar ko‘rdi — Ukraina prezidenti maslahatchisi
11 mart 2022, 10:48

Ukraina ikki haftada 100 milliard dollarlik zarar ko‘rdi — Ukraina prezidenti maslahatchisi

Ukraina Rossiyaning harbiy operatsiyasi sabab ikki hafta ichida 100 mlrd dollarlik zarar ko‘rganligi aytildi, bu mamlakat YAIMning yarmiga teng. Urush sabab Ukrainadagi korxonalarning 50% faoliyatini to‘liq to‘xtatgan.

Air Astana Rossiyaga aviaqatnovlarni to‘liq to‘xtatdi
11 mart 2022, 10:16

Air Astana Rossiyaga aviaqatnovlarni to‘liq to‘xtatdi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiyaga amalga oshiriladigan parvozlar to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Rossiyada biznes vakillariga $5000 dan ortiq pul yechish taqiqlandi
10 mart 2022, 23:17

Rossiyada biznes vakillariga $5000 dan ortiq pul yechish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki yangi valyuta cheklovlarini joriy qildi. 10 sentabrga qadar biznes vakillariga 5 ming dollar yoki shu miqdor ekvivalentidagi yevro, yapon iyeni va funt sterlingda pul yechish taqiqlanadi. Xorijiy kompaniyalar yoki tadbirkorlar esa ushbu valyutalarni umuman yechib ololmaydi.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi
10 mart 2022, 16:18

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida 10 daqiqalik otishma yuzaga keldi. Buning oqibatida Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.

Qozog‘iston MXK sobiq rahbarining uyidan 17,2 mln dollar naqd pul va oltin quymalar topildi
10 mart 2022, 15:41

Qozog‘iston MXK sobiq rahbarining uyidan 17,2 mln dollar naqd pul va oltin quymalar topildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimovga tegishli bir nechta kvartira va qasr, 17,2 mln dollar naqd pul, oltin quymalar, 11 ta qimmatbaho avtomobil va boshqalar musodara qilindi. U 2 mln dollar miqdorida pora olganlikda ham gumon qilinmoqda.

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari
10 mart 2022, 15:36

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi
10 mart 2022, 07:30

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada muxolifatdagi Fuqarolik kuchlari partiyasidan nomzod, sobiq bosh prokuror Yun Sok Yol mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Fitch Rossiyaning uzoq muddatli reytingini “C” darajasiga qadar pasaytirdi
9 mart 2022, 16:01

Fitch Rossiyaning uzoq muddatli reytingini “C” darajasiga qadar pasaytirdi

Fitch agentligi Rossiyaning suveren kredit reytingini “B” dan “C” gacha, ya’ni “defolt bo‘lishi muqarrar” darajasiga qadar pasaytirdi. Kompaniya reytingni 27 mayda qayta ko‘rib chiqishni mo‘ljallagan edi, biroq mamlakatdagi hodisalar sababli rejadan chetga chiqishga qaror qilindi. Morgan Stanley tahlilchilari Rossiyada aprel o‘rtalaridayoq defolt boshlanishini kutishmoqda.

Yevropa Rossiya gazisiz yashay oladimi?
9 mart 2022, 12:09

Yevropa Rossiya gazisiz yashay oladimi?

22 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols «Shimoliy oqim-2» loyihasining sertifikatsiyasini to‘xtatdi. Ko‘p o‘tmay AQSh ushbu loyiha operatoriga qarshi cheklovlar qo‘ygani ma’lum qilindi. 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» e’lon qilganligi ortidan esa gaz narxlari keskin oshishni boshladi. Ayni vaziyatda Yevropa va Rossiyaning energetika sohasidagi ko‘plab mutaxassislari Yevropaning Rossiya gazisiz yashay olish imkoniyatini tahlil qilishmoqda.

AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyadan energotashuvchilar importini taqiqladi
9 mart 2022, 12:09

AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyadan energotashuvchilar importini taqiqladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan neft, gaz va ko‘mir importi taqiqlanganini ma’lum qildi. Uran importi esa davom etadi. Shuningdek, Britaniya ham 2022 yil oxiriga borib Rossiya neftini import qilishni to‘xtatadi. Ushbu qarorlar ortidan dunyoda energotashuvchilar narxlarida jiddiy o‘sishlar kuzatildi.

Rossiyada naqd valyuta sotib olish taqiqlandi
9 mart 2022, 11:17

Rossiyada naqd valyuta sotib olish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki 9 sentabrga qadar fuqarolarga naqd valyuta sotishni taqiqladi. Rossiyaliklar banklardagi hisob-raqamlaridan 6 oy davomida 10 ming dollardan ortiq valyuta yecha olishmaydi. Undan ortig‘i faqat rublda beriladi.

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi
9 mart 2022, 10:30

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi

15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.

Yashil iPhone 13, iPhone SE va eng kuchli kompyuter — Apple o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim qildi
9 mart 2022, 02:20

Yashil iPhone 13, iPhone SE va eng kuchli kompyuter — Apple o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim qildi

Apple kompaniyasi iPhone SE, iPad Air va boshqa yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangilangan iPhone SE smartfoni endi A15 Bionic protsessoriga ega. Taqdim etilgan yangi iPad Air esa MacBook kompyuterlarida o‘rnatilgan M1 protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya o‘zining barcha kompyuterlaridan kuchliroq deb hisoblaydigan MacStudio`ni ham namoyish qildi.

Ukraina va Rossiya muzokaralarining uchinchi bosqichida ham tomonlar kelishuvga erishmadi
8 mart 2022, 13:29

Ukraina va Rossiya muzokaralarining uchinchi bosqichida ham tomonlar kelishuvga erishmadi

Muzokaralarning uchinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, Rossiya tomoni gumanitar yo‘laklar ishlay boshlashiga umid bildirdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy muzokaralarda kutilgan natijalarga erishilmaganini ta’kidladi. Ukraina delegatsiyasi vakili Mixail Podolyak Ukraina tomoni ham oldingi siljishni ko‘rmayotganligini ma’lum qildi.

Rossiya hukumati nodo‘st davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi
7 mart 2022, 18:46

Rossiya hukumati nodo‘st davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi

RF hukumati Rossiyaga nisbatan nodo‘stona xatti-harakatlar sodir etgan davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga nodo‘st davlatlardan bo‘lgan kreditorlar qarzlarni RF MB kursi bo‘yicha rublda qaytarish huquqiga ega bo‘ldi.

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi
7 mart 2022, 16:20

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi

Londonning ICE birjasida aprel oyi uchun ming kubometr gazning fyuchers narxlari 3950 dollargacha ko‘tarildi. Bir soat ichida narxlar 1000 dollarga pastladi va ayni paytda 2900 dollar atrofida bo‘lib turibdi.

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT
7 mart 2022, 16:12

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri 364 nafar tinch aholi, shu jumladan 25 nafar bolaning halok bo‘lgani tasdiqlandi. So‘nggi kunlarda Xarkov, Vinnitsa va Nikolayev shaharlari hujum oqibatida zarar ko‘rdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting