Fitch xalqaro reyting agentligi Rossiyaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini “B” dan “C” gacha pasaytirdi. Kompaniya ushbu reytingni 27 mayda qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirgan edi, biroq jarayonni navbatdan tashqari holatda o‘tkazishga qaror qildi.

Agentlik “emitentning kreditga layoqatliligi sezilarli darajada o‘zgargani” uchun taqvimdan chetga chiqdi.

“C” reytingi Fitch`ning suveren defolt muqarrar ekanligini haqidagi fikrini aks ettiradi.

Agentlikning ta’kidlashicha, reytingning tushishi 2 mart kuni davlat qarzi reytingi salbiy prognozli “B” darajasiga pasaytirilgani ortidan sodir bo‘ldi. Fitch fikricha, o‘shandan beri sodir bo‘lgan voqealar Rossiyaning davlat qarziga xizmat ko‘rsatishgaga tayyorligiga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, gap Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “nodo‘st” mamlakatlar kreditorlariga rublda to‘lash imkonini beruvchi farmoni hamda Markaziy bankning Rossiyadan norezidentlarga pul o‘tkazmalarini cheklash to‘g‘risidagi qarori haqida bormoqda.

“Umuman olganda, sanksiyalarning yanada kuchaytirilishi va energotashuvchilar savdosini cheklashi mumkin bo‘lgan takliflar Rossiya tomonidan eng kamida suveren qarz majburiyatlarini tanlab to‘lamaslikni o‘z ichiga olgan siyosiy javob ehtimolini oshiradi”, — deyiladi bayonotda.

Amerikaning jahon moliyaviy korporatsiyalari Morgan Stanley investitsiya banki tahlilchilari 2023 va 2043 yillarda muddati tugaydigan dollar obligatsiyalari uchun 30 kunlik imtiyozli davr tugaydigan 15 aprel kuni Rossiya defoltini bashorat qilmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Hukumat mahalliy yoki xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa, defolt yuzaga keladi. Suveren qarzni restrukturizatsiya qilish standartlashtirilgan tartib-qoidaga ega emas — har bir alohida olingan mamlakat uchun to‘lovlar bo‘yicha individual dastur tuziladi, ko‘pincha u bir necha yilga cho‘ziladi va kreditorlarga qarz oluvchi tomonidan mablag‘larning to‘liq qaytarilishini kafolatlamaydi.

Davlat tomonidan defolt e’lon qilinishi uning kredit reytingini pasaytiradi — mamlakat uchun yangi kreditlarni jalb qilish qiyinlashadi yoki imkonsiz bo‘ladi, natijada tashqi kapitalning cheklangan miqdorda kiritilishi iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Rossiyada mamlakat majburiyatlari bo‘yicha texnik defolt 1998 yil 17 avgustda sodir bo‘lgan. Undan oldin iqtisodiy inqiroz — giperinflyatsiya, budjet taqchilligi va denominatsiyalar yuzaga keldi.

Ob’yavleniye gosudarstvom defolta snijayet yego kreditnыye reytingi — strane stanovitsya slojno ili nevozmojno privlekat novыye zaymы, kak sledstviye — ogranichennost vlivaniya vneshnix kapitalov tormozit razvitiye ekonomiki.

V Rossii texnicheskiy defolt po obyazatelstvam stranы proizoshel 17 avgusta 1998 goda. Yemu predshestvovali ekonomicheskiy krizis — giperinflyatsiya, defitsit budjeta i denominatsiya.