Janubiy Koreyada 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilindi. Asosiy muxolifat partiyasi — Fuqarolik kuchlari nomzodi Yun Sok Yol besh yillik muddatga davlat rahbari etib saylandi, deb xabar bermoqda The Korea Times.

Mamlakatning sobiq bosh prokurori hukmron Birlashgan Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myondan bir foizga ham kamroq farq bilan o‘zgan holda umumiy ovozlarning qariyb 48 foizini (taxminan 16 mln) qo‘lga kiritdi. Saylovchilarning 77 foizdan ortig‘i ishtirok etdi. Saylov kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Koronavirus bilan kasallanganlar uchun alohida ovoz berish tashkil etildi.

Foto: The Korea Times.

Saylovdan bir hafta oldin markazchi Xalq partiyasidan uchinchi eng ommabop nomzod An Chul Su o‘z nomzodlarini Yun Sok Yul bilan birlashtirishini e’lon qildi.

Ketma-ket 15-saylovdan so‘ng Milliy Assambleyada so‘zga chiqqan 61 yoshli Yun Sok Yol natijani shaxsiy yoki partiyaning g‘alabasi emas, balki «xalqning g‘alabasi» deb atadi. U boshqa nomzodlarga minnatdorchilik bildirib, «xalqqa yaxshiroq xizmat qilish» uchun Demokratik partiya bilan hamkorlik qilishga va’da berdi.

Saylangan prezident asosiy e’tiborni yangi ish o‘rinlari yaratish, biznes sharoitlarini yaxshilash, davlat organlari faoliyatini tartibga solish va koronavirus pandemiyasi fonida iqtisodiyotni tiklashga qaratmoqchi.

Yun Sok Yol 10 maydan boshlab amaldagi prezident Mun Chje In lavozimini egallaydi. Bungacha u amaldagi prezidentdan yangi prezidentga vakolatlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘mita tuzadi.

Hukmron partiyadan nomzod Li Chje Myon Yun Sok Yolni g‘alabasi bilan tabrikladi va uni mamlakatni milliy birlikka erishish uchun bo‘linishlarni yengib o‘tishda yordam berishga undadi.