Jahon

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi
13 aprel 2022, 14:12

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2020-yilda karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. U mamlakat tarixida qoidabuzarlik uchun jazolangan birinchi bosh vazirga aylandi. Shuningdek, bosh vazirning rafiqasi va g‘aznachilik kansleri ham ushbu ish yuzasidan jarima to‘lagan.

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi
13 aprel 2022, 13:49

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi

12 aprel kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Tojikiston tomoni bir kishi, qirg‘izistonlik ikki nafar yarador haqida xabar berdi. Kechasi tomonlar kelishuv bo‘yicha kelishib olishgan, hozirda vaziyat barqaror.

Ukrainada Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchuk qo‘lga olindi
13 aprel 2022, 13:33

Ukrainada Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchuk qo‘lga olindi

Ukraina xavfsizlik xizmati Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx, Rossiyaparast “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi rahbari Viktor Medvechukni qo‘lga oldi. U mamlakatdan chiqib ketishga uringan vaqtda ushlangan. Vladimir Zelenskiy Rossiyaga uni ukrain asirlariga almashtirishni taklif qildi.

Nyu-York metrosida otishma yuz berdi, eng kamida 13 kishi yaralandi
12 aprel 2022, 20:18

Nyu-York metrosida otishma yuz berdi, eng kamida 13 kishi yaralandi

Nyu-York metrosida noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida eng kamida 13 kishi yaralandi. Hozirda u politsiya tomonidan qidirilmoqda.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin
12 aprel 2022, 16:53

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi korxonasi «Hayraton — Mozori-Sharif» temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Afg‘onistonda operatsion shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish hamda boshqaruvni hukumat xizmatlari ancha arzon bo‘lishini kutayotgan mahalliy kompaniyalarga topshirish rejalashtirilmoqda.

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi
11 aprel 2022, 22:20

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi

Pokiston parlamenti Shahboz Sharifni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. U ishonchsizlik votumi e’lon qilinib, lavozimidan chetlatilgan Imron Xon o‘rnini egalladi.

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi
11 aprel 2022, 13:40

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi

Qozog‘iston ichki bozorda taqchillik yuzaga kelmasligi uchun 15 apreldan 15 iyungacha bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etmoqda.

Fransiyada prezidentlik saylovi: Makron va Le Pen ikkinchi turga o‘tdi
11 aprel 2022, 10:48

Fransiyada prezidentlik saylovi: Makron va Le Pen ikkinchi turga o‘tdi

Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makron 27,4 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni esa 23,41 foiz ovoz to‘plagan o‘ta o‘ngchi «Milliy birlik» partiyasidan nomzod Marin Le Pen egalladi.

Zirhli transport vositalari, kema va zenit raketalari: Britaniya Ukrainaga yordam beradi
11 aprel 2022, 09:24

Zirhli transport vositalari, kema va zenit raketalari: Britaniya Ukrainaga yordam beradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi. U prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, Kiyevni aylanib chiqdi va 120 ta zirhli texnika, kemaga qarshi raketa tizimlari va Jahon banki krediti kafolati sifatida 500 mln dollar berishga va’da berdi.

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi
10 aprel 2022, 17:58

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.

Crew Dragon kosmik kemasi to‘rt nafar sayyohni XKSga yetkazdi
10 aprel 2022, 10:18

Crew Dragon kosmik kemasi to‘rt nafar sayyohni XKSga yetkazdi

SpaceX kompaniyasining kosmik kemasi to‘rt nafar sayyohdan iborat to‘liq tijorat reysini XKSga yetkazdi. Ular Yer orbitasida taxminan 10 kun bo‘lishadi.

Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi
9 aprel 2022, 11:21

Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi

Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi.

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini tayyorlashga kelishib oldi
8 aprel 2022, 18:33

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasini tayyorlashga kelishib oldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Bryusseldagi uchrashuvida ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
8 aprel 2022, 16:18

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2021 yilda 735,4 mingdan ziyod xorijlik Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich kamida 2000 yildan buyon rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni esa 2020 yilga nisbatan 8,8 ming kishiga ko‘payib, 31,9 ming nafarni tashkil etdi.

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi
8 aprel 2022, 14:45

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Kramatorsk temir yo‘l vokzaliga tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinishini kutayotgan vaqtda raketa hujumi uyushtirildi. 30 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam yaralandi. DXR zarbani Ukraina xavfsizlik kuchlari amalga oshirganini aytmoqda.

O‘zbekiston qayerda joylashgan? — Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi qanday o‘zgardi
8 aprel 2022, 12:01

O‘zbekiston qayerda joylashgan? — Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi qanday o‘zgardi

24 fevral kuni Rossiyaning Ukraina hududida harbiy operatsiya boshlashi ortidan Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilari orasida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish keskin ortib ketdi. Google`da 1000 rubl o‘zbek so‘mida qancha bo‘lishi, Moskvadan O‘zbekistongacha bo‘lgan biletlar, O‘zbekistonga kirish qoidalari va boshqa so‘rovlar keskin ortgan.

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi
7 aprel 2022, 10:29

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi

6 aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya hamda «Katta yettilik» mamlakatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Sberbank» va Alfa-bank aktivlari muzlatiladi, Rossiyaga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Dmitriy Medvedev, Vladimir Putinning qizlari, Sergey Lavrovning turmush o‘rtog‘i va qizi ham sanksiyaga tushgan. Batafsil «Gazeta.uz» materialida.

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi
7 aprel 2022, 09:50

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi 2022 yil uchun «Fan bo‘yicha reytingi» natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Matematika» fani sohasida erishgan natijalari bilan O‘zbekiston milliy universiteti dunyoning kuchli 500 ta universiteti qatoridan joy oldi. Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning Top-5 ta universiteti e’lon qilindi.

Vladimir Jirinovskiy vafot etdi
6 aprel 2022, 15:57

Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Rossiyalik taniqli siyosatchi, Rossiya Liberal-demokratik partiyasining doimiy rahbari Vladimir Jirinovskiy vafot etdi.

Antarktidada rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi
6 aprel 2022, 11:44

Antarktidada rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi

Meteorologlar mart oyida Antarktidada rekord darajadagi yuqori haroratni (o‘rtacha oylik darajadan 40 daraja yuqori) va qit’aga xos bo‘lmagan yomg‘irlarni qayd etishdi. Antarktidadan kattaligi Rim yoki Nyu-Yorkka teng muz bo‘lagi ajralib chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting