Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi AQSh Milliy kosmik agentligi (NASA) bilan birgalikda 8 aprel kuni to‘rt kishidan iborat to‘liq tijorat ekipaji bilan Falcon-9 raketasini past Yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

9 aprel kuni Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutashdi. Falcon-9 raketasi Crew Dragon kosmik kemasi bilan Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Ax-1 missiyasi Axiom Space xususiy kompaniyasi tomonidan boshqariladi, uning maqsadi 2024 yilda birinchi tijorat kosmik stansiyasini ishga tushirishdir.

8 aprel kuni Axiom Space jonli efirida Falcon 9 raketasining uchirilishi.

Ekipaj tarkibida amerikalik tadbirkor Larri Konnor, kanadalik investor Mark Pati va isroillik tadbirkor Eytan Stibbe bor edi. Ekipaj komandiri — NASAning sobiq astronavti, Axiom Space xodimi Maykl Lopes-Alegriya.

Foto: SpaceX. Kosmik sayohat ishtirokchilari start oldidan.Crew Dragon kabinasi, 9 aprel. Axiom Space va NASA jonli efiridan.

Kosmik kema XKS bilan muvaffaqiyatli tutashdi va kosmik sayyohlar XKSdagi 67-ekspeditsiya tadqiqot guruhiga qo‘shilishdi. Sayyohlar orbitada taxminan 10 kun, XKSda esa kamida 8 kun bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kosmik kema XKSga tutashmoqda. Axiom Space va NASA jonli efiridan.Kosmik kemaning XKSga tutatishiga 2 metr qolganida. Axiom Space va NASA jonli efiridan.XKS lyuki Crew Dragon ekipajini qarshi olish uchun ochilmoqda. Axiom Space va NASA jonli efiridan.

SpaceX 2021 yilning sentabridan birinchi marta XKSga tijoriy ekipajni yuborgan edi. Ushbu parvozdan ko‘zlangan maqsad Amerikadagi saraton kasalxonalari uchun 200 mln dollar xayriya qilishdan iborat bo‘ldi. O‘sha ekipaj a’zolaridan biri esa mazkur xastalikdan davolanayotgandi.