12 aprel kuni kechqurun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati maxsus operatsiya natijasida Rossiya prezidentiga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchukni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Keyinroq davlat rahbari Rossiyaga asirga tushgan ukrainaliklarni Putinning qo‘lga olingan oligarxga almashtirishni taklif qildi.

“U 48 kun yashirindi. Va nihoyat u bizning davlatimizdan tashqariga qochishga harakat qilishga qaror qildi. Xo‘sh, bu „kosmonavt“ uchun — so‘zning yomon ma’nosida — mashhur „Ketdik!“ Ish bermadi”, — dedi Zelenskiy. Uning fikricha, Medvedchukning yashirish maqsadida harbiy libosdan foydalangani “ayniqsa beadablik”.

Vladimir Zelenskiy Rossiyaga Medvedchukni ukrainalik asirlar bilan almashtirishni taklif qildi.

“Rossiya Federatsiyasiga bu yigitingizni Rossiya asirligidagi yigit va qizlarimizga almashtirishni taklif qilaman. Bizning huquq-tartibot idoralari va harbiylar ham bunday imkoniyatni ko‘rib chiqishlari olishi muhim”, — dedi Zelenskiy.

OAV “Putinning cho‘qintirgan otasi” deb ataydigan Viktor Medvedchuk rossiyaparast “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasini boshqargan. 2021 yil may oyida u davlatga xiyonat va terrorchi tashkilotga yordam berishda ayblangan. Xususan, Medvedchuk “DXR” va “LXR"ga ko‘mir yetkazib berishni tashkil qilishda gumon qilingan. Siyosatchi uy qamog‘iga olingan, keyinroq muddati uzaytirilgan. Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan bir necha kun oldin Medvedchuk uy qamog‘idan qochadi, biroq mamlakatdan chiqib keta olmaydi.

20 mart kuni Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi qarori bilan Rossiya bilan aloqasi bo‘lgan partiyalar, jumladan, “Hayot uchun muxolifat platformasi” faoliyati to‘xtatildi.