12 aprel kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o‘rtasida otishma yuz berdi, deb xabar berdi Asia-Plyus.

Bobojon G‘ofurov tumani raisi Zafarbek Davlatzodaning nashrga ma’lum qilishicha, ikki davlat chegarachilari uchrashuvidan so‘ng otishma to‘xtatilgan, vaziyat nazorat ostida va barqaror deb baholangan.

«Radio Ozodi» radiosi o‘z manbalariga tayanib, yaralangan 27 yoshli tojik chegarachisi haqida ma’lum qildi

Tojikiston chegara qo‘shinlari hozircha mojaroga rasman izoh bermagan.

Qirg‘iziston chegara xizmati tojik chegarachilari chegarani kesib o‘tib, qirg‘iz chegarachilariga qarata o‘t ochganini ma’lum qildi, deb yozadi 24.kg.

«Tojikiston chegarachilari Qirg‘iziston chegarasini chuqur kesib o‘tishdi. Qirg‘iziston Respublikasi harbiy xizmatchilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan, biroq tojikistonliklar ularga qarata o‘q uzgan», — deyiladi xabarda.

Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, otishmada ikki kishi — tinch fuqaro va chegarachi yaralangan.

Yarim tundan keyin tomonlar doimiy joylashtirish punktlariga qo‘shimcha kuch va vositalarni olib chiqish va voqea joyida ikki davlat delegatsiyalarining uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldilar.