6 aprel kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi 2022 yil uchun dunyo universitetlarining «Fan bo‘yicha reytingi» (Subject Rankings) natijalarini e’lon qildi.

QS by Subject Rankings`da «Matematika» fani sohasida erishgan natijalari ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) dunyoning kuchli 500 talik (451−500) universitetlar qatoridan o‘rin egalladi.

Shuningdek, universitet Emerging Europe & Central Asia (EECA) mintaqasi reytingida Top-300`talikka kirdi. O‘zMU 2021 yilgi EECA reytingida Top-400`talikdan joy olgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zMU 2021 yilda O‘zbekiston OTMlari reytingida 2-o‘ringa loyiq ko‘rilgandi.

QS by Subject Rankings ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu universitetda o‘qish minimum va maksimum narxi xalqaro talabalar uchun bir xil — 2 ming dollarga teng. Mahalliy talabalar uchn esa minimum narx 700 dollar, maksimum esa — 10 ming dollarni tashkil qiladi.

«Matematika» fani bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni — Massachusets texnologiya instituti, ikkinchi o‘rinni — Stenford universiteti hamda uchinchi o‘rinni — Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) egalladi.

Bundan tashqari, «Fan sohalari reytingi» (Subject Rankings) bo‘yicha Top-5`talik natijalar quyidagicha bo‘ldi.

San’at va gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya);
  2. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya);
  3. Garvard universiteti (AQSh).
  4. Kaliforniya universiteti, Berkley (AQSh);
  5. Stenford universiteti (AQSh).

Muhandislik va texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Massachusets texnologiya instituti (AQSh);
  2. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya);
  3. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya).
  4. Nanyan texnologiya instituti (Singapur);
  5. Stenford universiteti (AQSh).

Hayotiy fanlar va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Garvard universiteti (AQSh);
  2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya);
  3. Jons Hopkins (AQSh).
  4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya);
  5. Stenford universiteti (AQSh).

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Massachusets texnologiya instituti (AQSh);
  2. Garvard universiteti (AQSh);
  3. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya);
  4. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya).
  5. Stenford universiteti (AQSh).

Ijtimoiy fanlar va menejment yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. Garvard universiteti (AQSh);
  2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya).
  3. London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE), Buyuk Britaniya.
  4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya);
  5. Stenford universiteti (AQSh).

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Quacquarelli Symonds tomonidan e’lon qilingan World University Rankings 2022 reytingida ham Massachusets texnologiya instituti birinchi o‘rinni egallagandi.