«Gazeta.uz» Google trends sayti orqali Rossiya, Belarus, Ukraina va O‘zbekiston internet foydalanuvchilari Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Google`da nimalarni izlashgani bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Belarusda O‘zbekiston joylashgan joyi, mamlakatga kirish tartibi va so‘mga qiziqish urush boshlanganidan so‘ng keskin ortib ketgan. Ukraina foydalanuvchilari esa asosan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlariga, O‘zbekiston prezidenti va armiyasiga qiziqish bildirgan.

Foydalanuvchilarning qiziqishini Google qanday aniqlaydi?

So‘rovlarga 0 dan 100 gacha ball beriladi, bu yerda 100 ball so‘rovning ommabopligi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan joyni anglatadi, 50 ball — ushbu joyda so‘rovning mashhurlik darajasi birinchi joyga qaraganda ikki baravar pastligini, 0 ball esa bu so‘rov haqida yetarli ma’lumot bo‘lmaganini bildiradi.

Muhim: ballar qancha ko‘p bo‘lsa, ushbu hududda tegishli so‘rovlarning barcha so‘rovlardagi ulushi shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, deylik bir kichik mamlakatda barcha qidiruvlar ichida «banan» so‘zi so‘rovlarning 80 foizini tashkil etadigan bo‘lsa, uning bali «banan» so‘zi umumiy so‘rovlarining 40 foizini tashkil qilgan katta mamlakatga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘ladi.

Rossiya

Yil davomida rossiyaliklar yoki umuman Rossiyada istiqomat qilayotgan odamlarning O‘zbekiston bilan qiziqishi ko‘rsatkichlari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Ammo Google Trends saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyining oxirida, Rossiyaning Ukraina hududida urush boshlashi ortidan Rossiya foydalanuvchilari orasida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish keskin ortib ketgan.

Rossiyaliklarni qiziqtirgan savollardan biri «1000 rubl o‘zbek so‘mida qancha bo‘lishi?» savoli bo‘ldi. Google’da ushbu savol bilan bog‘liq murojaatlarning o‘sishi boshlangan haftada (27 fevral — 5 mart) yil boshida 150 so‘m bo‘lgan rubl 99 rublgacha tushib ketgan edi.

1000 rublning so‘mga ekvivalenti to‘g‘risidagi savol 27 mart kuni o‘z kulminatsiyasiga yetib, ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘z aktualligini yo‘qotmoqda.

Quyidagi infografikada keltirilgan menyu orqali rossiyalik foydalanuvchilarni O‘zbekiston bilan bog‘liq qanday so‘rovlar qiziqtirganini bilishingiz mumkin.

Muhim: infografikada keltirilgan ma’lumotlar ma’lum sanaga tegishli bo‘lmay, hafta davomidagi holatni ko‘rsatadi. Misol uchun: 27 fevral (yakshanba) sanasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bir hafta davomidagi — 5 mart (shanba)gacha bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Moskvadan O‘zbekistongacha bo‘lgan biletlar bo‘yicha qiziqish odatda yuqori bo‘lmagan. 2018 yil yanvar oyida qiziqish Google trends tomonidan 47 ballga baholangan va bu ko‘rsatkich to 2021 yil avgustigacha takrorlanmagan. Biletlarga bo‘lgan qiziqish 2021−2022 yilda yanvar, avgust va oktabr oylarida kuzatilgan. Ukrainada urush boshlangach esa biletlarga bo‘lgan qiziqish oxirgi 5 yil davomidagi rekord ko‘rsatkichka yetgan.

Biletlar bilan qiziqqan rossiyaliklar ayni vaqtda o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi haqida ma’lumotlarni ham izlashgan. Yil davomida rossiyalik foydalanuvchilar so‘m bilan deyarli qiziqishmagan, ammo Ukrainadagi voqealar O‘zbekistondagi dollar narxi bilan qiziqishni keskin orttirdi. Rubl bilan ham ayni vaziyat takrorlangan, ya’ni rossiyaliklarning so‘mning rublga nisbati haqidagi qiziqishi bo‘yicha yil davomida ma’lumot qayd etilmagan kunlar ham oz emas, ammo "maxsus operatsiya»dan so‘ng ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham qiziqish maksimumga yetgan.

O‘zbekistondagi ob-havo noma’lum sabablarga ko‘ra rossiyalik foydalanuvchilarni doimiy qiziqtirgan: har ikki-uch oyda ushbu mavzuda so‘rov keskin ko‘tarilib turgan. Shunday bo‘lsa-da, Ukrainadagi vaziyat mamlakatdagi ob-havoga bo‘lgan qiziqishning oshishiga ham ta’sir qildi.

O‘zbekistonga kirish qoidalari bo‘yicha rossiyaliklar orasida oxirgi 5 yilda katta qiziqish deyarli kuzatilmagan edi. Google trends`ga ko‘ra 2017−2019 yilarda ushbu so‘rov bo‘yicha uzoq vaqt hatto ma’lumotlar ham qayd etilmagan. Oxirgi 5 yil ichidagi rekord faqat 2021 yil avgustiga kelib qayd etilgan edi, ammo fevral voqealaridan so‘ng ushbu natija yangi rekorddan deyarli ikki yarim baravar kam bo‘lib qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya internet foydalanuvchilarini O‘zbekiston shaharlari doim qiziqtirib kelgan, masalan Самарқандga bo‘lgan qiziqish doim yuqori bo‘lganligi sabab, fevral voqealaridan keyingi o‘sish 2021 yilgi maksimum qiziqishni yangilay olmagan. Ammo Toshkentga ushbu hodisaning ta’siri kuzatilgan: foydalanuvchilar orasida poytaxtga bo‘lgan qiziqish sezilarli ko‘paygan.

Rossiyaning Moskva, Kaluga, Lelingrad, Magadan, Kamchatka, Primorskiy kray viloyatlari foydalanuvchilari ushbu davrda O‘zbekiston bilan ko‘proq qiziqishgan. Umumiy hisobda maksimum (100 ball) qiziqish Moskva shahriga to‘g‘ri keladi.

Belarus va Ukraina

Belarus foydalanuvchilarining O‘zbekiston bilan qiziqishi yil davomida stabil dinamikada bo‘lgan. Ya’ni ushbu davlat internet foydalanuvchilari "O‘zbekiston" so‘zini tez-tez izlab turganlar, ammo Ukraina voqealaridan so‘ng O‘zbekistonga nisbatan bo‘lgan o‘rtacha qiziqish keskin ortdi.

O‘zbekistonga qiziqish obyektlaridan biri belarusliklar uchun uning joylashuvi bo‘ldi. «O‘zbekiston qayerda joylashgan?» degan so‘rovlar Belarus hududida 2021 yil sentabr oyida o‘z maksimumi (100 ball)ga yetgan va 2022 yilgacha bu qiziqish saqlanib qolgan. Ammo 2022 yil fevraldan boshlab Belarus internet foydalanuvchilari O‘zbekiston qayerda joylashgani bilan yana qiziqa boshlashdi.

Rossiya kabi Belarusda ham Toshkentga nisbatan qiziqish avvaldan kuzatilgan, ammo fevral voqealari ortidan ushbu qiziqish bir necha baravarga ko‘paydi. Самарқандga bo‘lgan qiziqish fevral voqealaridan avvalroq boshlangan bo‘lib, kichik tushishdan so‘ng qiziqish yana ortib bormoqda.

Belarusning markaziy xududlari: Minsk viloyati va mamlakat poytaxti Minsk shahrida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish maksimumga yetgan.

Ukraina internet foydalanuvchilarining O‘zbekiston bilan bog‘liq habarlarga qiziqishi 2022 yilning yanvar oyida oxirgi yil ichidagi o‘z maksimumiga yetgan. Urush boshlanishi oqibatida, mamlakatda Rossiya va Belarusdan farqli ravishda Ukrainada O‘zbekistonga nisbatan qiziqishning keskin ko‘tarilishi qayd etilmadi. Ammo ukrainalik foydalanuvchilar orasida O‘zbekiston bilan bog‘liq boshqa qiziqishlar paydo bo‘ldi. Jumladan: O‘zbekiston poytaxti, O‘zbekiston valyutasi, O‘zbekiston armiyasi va O‘zbekiston prezidenti so‘rovlari 1,5−2 baravarga ko‘paygan.

O‘zbekiston

O‘zbekistonliklarning Ukrainaga qiziqishi yil davomida yuqori bo‘lmagan. Faqatgina 2021 yil iyun oyining oxiri va iyul oyining boshida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina masalasidagi chiqishlari butun dunyoda muhokama qilinayotgan vaqtda keskin ko‘tarilish qayd etilgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonliklarning Ukraina bilan qiziqishi eng past ko‘rsatkichlarga tushib ketgan. Urush boshlanishi oqibatida ushbu davlatga bo‘lgan qiziqish 2021 yil iyul oyiga nisbatan 3 baravarga oshib ketti.

Google trends ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina муносабатлариga asosan Qashqadaryo viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchilar qiziqish bildirgan. Mavzuga bo‘lgan eng kam qiziqish Toshkent viloyatida kuzatilgan.

Farg‘ona shahri ushbu mavzuga qiziquvchi shaharlar ichida yetakchi hisoblanadi. Farg‘ona viloyati markazida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi муносабатларga bo‘lgan qiziqish Buxoro shahriga nisbatan 3 baravar ko‘p. Keyingi o‘rinlarda Qarshi va Urganch shaharlari joylashgan.