12 aprel kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi bir nechta metro bekatlarida sodir etilgan otishmada kamida 13 kishi yaralangan, deb xabar berdi ABC NY.

Hujum qilgan erkak qora tanli bo‘lib, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, egnida gaz niqobi va to‘q sariq rangli qurilish ishchisi kamzuli kiygan. Hozir politsiya uni qidirmoqda.

To‘rt qurbon Sanset-park 36t-ko‘cha metro bekatida, yana biri Grinvud-Xaytsdagi 25-ko‘cha bekatida topilgan.

Taxminlarga ko‘ra, otishma paytida tutun chiqarish moslamasi ishlatilgan.