Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380 avtomobil yo‘li"ni rekonstruksiya qilish va Amudaryo ustidan ko‘prik qurish uchun 238 million dollargacha kredit ajratdi. Rekonstruksiyadan so‘ng bir qatorli yo‘l ikki qatorli avtomobil yo‘liga aylanadi.
Urganch tumanida ikki shaxs o‘zaro nizoni guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringani aniqlandi. DXX va IIB tadbirida to‘qnashuv to‘xtatib qolindi. 9 kishi JK, 6 kishi MJTK moddalari bo‘yicha qamoqqa olindi.
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.
Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi birinchi sinfga dars o‘tayotgan vaqtida avval o‘quvchi bolani, keyin esa qizni kaltakladi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.
Xorazm viloyatida 3-noyabrdan sovuq suv va oqova xizmatlari narxi oshadi. Yil oxirigacha viloyat aholisini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olishni 90 foizga yetkazish, mavjud suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish rejalashtirilgan.
Sud bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi moddalar asosida 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Uning Xorazm viloyatidan tashqariga chiqishi, aloqa vositalari va internetdan foydalanishi taqiqlandi.
Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.
Xorazm YHXB “ilg‘or mamlakatlar tajribasi” asosida bolalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olishning yangi usulini taklif qildi. Unga ko‘ra, o‘tish joylaridan oldin STOP belgisi chiziladi. O‘quvchilar qo‘llarini ko‘tarib, yo‘lni kesib o‘tadi va minnatdorlik belgisi sifatida haydovchilarga ta’zim qiladi.
Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida erta tongda chang aralash kuchli shamol kuzatildi. Ayrim tumanlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.
2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.
Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Urganch tumaniga G‘ayratjon Sultanov, Qo‘shko‘pir tumaniga Boburbek Egamov, Bog‘ot tumaniga Jahongir Nazarov hokim bo‘ldi. Shuningdek, RSHTYOIM filiali va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlari o‘zgardi.
Xorazm viloyatida oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangan. Mehribonlik uyi rahbari 5 yilu 6 oyga qamalgan, mansabdor shaxslarning esa ozodligi cheklanib, qo‘yib yuborilgan.
Zafar Abdrimov Hazorasp tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Shuningdek, avval Urganch tumani prokurori bo‘lgan Ruslan Jumaniyazov Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Xiva shahar hokimi Temur Davletov «mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi. U qariyb 2 yil avval mazkur lavozimga tayinlangan edi.
UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting