Xiva shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovich «ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» sababli intizomiy jazoga tortildi. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 12 noyabr kuni tegishli farmoyishga imzo chekdi.

Temur Davletov Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Temur Davletov 2020 yilning dekabrida mazkur lavozimga tayinlangan. Unga qadar Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.