Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Jo‘rabek Rahimovich Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U 2019-yil 11-fevraldan boshlab Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlayotdan edi.

Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Rahimov 1981-yilda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.

Qo‘shko‘pir tumani hokimi bo‘lgunga qadar Xorazm viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i va Bog‘ot tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq prezidentning tegishli farmoni bilan 2018-yildan buyon Xorazm viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farxod Ermanov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.