O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng 31-mart kuni viloyatda kadrlar almashishi sodir bo‘ldi.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

G‘ayratjon Po‘latovich Sultanov Xorazm viloyatining Urganch tumani hokimi etib tasdiqlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar u O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

Boburbek Davlatnazarovich Egamov Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi etib tasdiqlandi.

U ilgari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori o‘rinbosari, sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i vazifalarida ishlab kelgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ham faoliyat yuritgan.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

Jahongir Bahromovich Nazarov Bog‘ot tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bungacha u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

Husan Nurullayevich Bekchanov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Xorazm viloyati filiali direktori etib tayinlandi. U lavozimga tayinlangunga qadar ushbu markaz filialida shoshilinch xirurgiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

Kupalbay Raimberdiyevich Tangriberdiyev Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga bosh shifokor etib tayinlandi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, prezident 31-mart kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi sessiyasida ishtirok etar ekan, 2022-yil oxiridan buyon viloyat rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimovni Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tavsiya qilgandi. Deputatlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.

To‘ldirish

Shuxrat Kurvondurdiyevich Axmedov Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

боғот tumani, тайинлов, тuпроққалъа tumani, uрганч tumani, хоразм viloyati, қўшko‘pир tumani

Bungacha u Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.